Albert Selades: "Lill - hujumkor va ajoyib jamoa"
23 okt 2019 20:15
Yangiliklar


Albert Selades: "Lill - hujumkor va ajoyib jamoa"
"Valensiya" bosh murabbiyi Albert Selades CHempionlar ligasi 3-turida "Lill"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Lill — hujumkor va ajoyib jamoa. G'alaba qozonish ustuvor vazifamiz bo'lgan o'yinda ko'plab qiyinchiliklarga duch kelamiz. Garchi, ular ikki turdan so'ng 0 ochko bilan borishayotgan bo'lsa ham, "Ayaks" va "CHelsi" singari kuchli jamoalar bilan o'ynaganini hisobga olishimiz kerak. Mazkur klublar ham yutish uchun oz-muncha ter to'kishgani yo'q. Qiyin o'yin bo'lishini tushunib turibmiz", — deydi Selades.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar