So’nggi yangiliklar

22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  0 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  28 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  9 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  34 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  71 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  6 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

"Albatta, Ronalduning "Manchester Yunayted"da qolishini istayman" - Erik ten Xag bilan intervyu Yangiliklar

"Albatta, Ronalduning "Manchester Yunayted"da qolishini istayman" - Erik ten Xag bilan intervyu

De Telegraaf jurnalisti Mark Vervey "Manchester Yunayted" yangi ustozini suhbatga tortdi.

"16 maydan boshlab "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiman. Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida ko'p narsa ro'y berishi kerak. Masalan, murabbiylar shtabi va tarkibni tayyorlash. Men bu juda ehtiyotkorlik bilan qilinishini xohlayman.

Ronaldu bilan ishlashni intiqlik bilan kutaman. U — barcha yutuqlari va jo'shqinli ekanligi tufayli gigant. Albatta, men uning "Manchester Yunayted"da qolishini istayman. U klubning muhim azosi bo'lib qolishi va ajoyib statistikasini davom ettirishi mumkin", – dedi ten Xag.

Skoulz, Nevill, Ferdinand va ularning fikri haqida:

"Buning tasiri bor. Lekin, shu bilan birga, bu bizning kiyinish xonamizdagi holatga tasir qilmasligi kerak. Balki Premer-ligada tanqidlar ko'pdir, chunki bu o'z-o'zidan ancha katta musobaqa. Yaxshiyamki, bu bilan shug'ullanish uchun menda katta tajriba bor.

Men har bir futbolchining ko'ziga tik qaray olaman, bunga 100% aminman. Men har bir tanlovni ongli ravishda qilaman. Jamoa men uchun hamma narsadan ustun. Bizga g'alaba qozonish uchun eng ko'p imkoniyat beradigan o'yinchilarni tanlayman.

Menda "Manchester Yunayted"dan voz kechish va qarorgohi yaxshiroq klubda ishlash imkoniyati bor edi. Biroq men "Yunayted"ni tanladim. Bu erda hal qilinishi kerak bo'lgan bazi muammolar bor va bu men uchun chaqiruv. Klub va men bir to'lqinda suzamiz.

Menga WhatsApp orqali "Manchester Yunayted"ning bazi futbolchilaridan "Klubga xush kelibsiz" degan bir nechta xabarlar keldi".

Timber va Antoni xususida:

"Menimcha, Timber barcha top-klublarning diqqat-etiborida. Agar Antoni ketsa... bu "Ayaks"ga zarba bo'ladi, chunki hozirgi tarkibda uning o'rnini bosadigan hech kim yo'q".

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика