Alba: "Jamoa hech qachon Kumanga shubha qilmagan"
04 mar 2021 12:00
Yangiliklar


Alba: "Jamoa hech qachon Kumanga shubha qilmagan"
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba Ispaniya Kubogi yarim final doirasidagi "Sevilya" (3:0)ga qarshi javob o'yinidan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Ko'k-anorranglilar" ilk o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.
"Biz hech qachon murabbiyimizga shubha qilmaganmiz. Kuman yaxshi ishlamoqda, unda aniq reja bor. U katta hajmdagi ishni bajarmoqda va biz uning g'oyalarini maydonda ko'rsatishimiz kerak.
PSJga qarshi javob o'yiniga kelsak, biz har qanday raqibni mag'lub eta olamiz, garchi CHempionlar Ligasida kambek amalga oshirish qiyinroq bo'lsa ham", - deydi himoyachi.
"Barselona" Ispaniya Kubogi finalida "Levante" - "Atletik" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar