“Al-Jaish” Toshkent safari oldidan durang o'ynadi
08 mar 2014 18:32
Yangiliklar


“Al-Jaish” Toshkent safari oldidan durang o'ynadi
“Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibi – Qatarning “Al-Jaish” klubi 7 mart kuni yulduzlar ligasining 22-tur uchrashuvini o'tkazdi.
“Al-Sailiya” jamoasi mehmoni bo'lgan “Al-Jaish” 1:1 hisobidagi durang natija qayd etdi. Muhammad Moznanining 41-daqiqada to'p kiritib, “Al-Jaish”ni oldinga olib chiqdi. Biroq 65-daqiqa o'tib borayotganida “Al-Sailiya” vakili Abdulrahmon Al-Harazi hisobni tenglashtirishga erishdi.
22 uchrashuvda 40 ochko jamg'argan “Al-Jaish” klubi musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.
22 uchrashuvda 40 ochko jamg'argan “Al-Jaish” klubi musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.

Fikrlar