So’nggi yangiliklar

18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  0 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  2 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  2 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  18 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8

“Al Jaish” – “Nasaf” 5:1 (to'liq sharh) Yangiliklar

“Al Jaish” – “Nasaf” 5:1 (to'liq sharh)

Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining 2-saralash bosqichida Qatarda “Al Jaish” jamoasi mehmoni bo'lgan futbolchilarmiz bir uchrashuvdan iborat o'yinda yirik mag'lubiyatga uchrashdi.
Garchi uchrashuv debyutidayoq mezbonlarning janubiy koreyalik yarim himoyachisi Seul Ki Ko o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, hisobni ochgan bo'lsada keyinchalik futbolchilarimizda ham gol kiritish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Xususan, 8-daqiqada mezbonlar o'yindan tashqari holatni yuzaga keltirishda xatoga yo'l qo'yishdi. Igor Taran esa darvozabon birga bir vaziyatda turgan bo'lishiga qaramay havodan kelgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llashga intildi. Ammo hujumchimizning kuchsiz zarbasi “Al Jaish” posboniga “sovg'a” bo'ldi. 14-daqiqada yana jamoamizning tezkor hujumidan keyin Taran qulay vaziyatga chiqarildi. Hujumchimizning bu safargi zarbasini ham raqib posboni egallab oldi. 27-daqiaga kelib “Al Jaish” yarim himoyachisi Seul Ki Ko chap qanotdan boshlangan hujumni muvaffaqiyatli yakunlashga erishdi. “Nasaf”ning javob hujumi chap qanotdan tashkil etildi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni mezbonlar himoyachisi o'z darvozasiga kiritishiga bir bahya qoldi. 37-daqiqaga kelib o'yinda hisob yiriklashdi. “Al Jaish”ning braziliyalik mashhur legioneri Nilmar qarshi hujumlarning birida katta tezlikda himoyachilarimizdan o'zib ketdi va to'pni Eldor Suyunov qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi. Bo'lim so'nggida Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi, xolos.

Ikkinchi bo'limda ham o'yin surati o'zgarmadi. “Nasaf”chilar to'pni ko'proq nazorat qilgan holda hujumlar tashkil qilgan bo'lishsa, mezbonlar tezkor qarshi hujumlara raqibni jazolashga intilishdi. 49-daqiqada jarimadan uzatib berilgan to'pni “Al Jaish”ning bo'ydor himoyachisi Abdurahmon Issa barchadan baland sakrab, darvozaga yo'naltirdi – 4:0. Hisob yirik ko'rinish olgan bo'lsada, vakillarimizda gol kiritish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Bir safar Gevorkyanning jarimadan yo'llagan zarbasi ustunga tekkan bo'lsa, yana bir vaziyatda Azamat Allaniyazovning darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib borib uzoq burchakka yo'llagan to'pini yana darvoza ustuni qaytarib qoldi. Umuman shu kuni omad ham mezbonlar tomonida edi. 76-daqiqada Gevorkyan o'z qanotida faollik ko'rsatib to'pni darvoza oldida turgan Sayfievga uzatdi. Farruhning kuchli zarbasini to'sib qolish imkonsiz edi – 4:1. Ammo mezbonlar 80-daqiqada Seul Ki Ko xet-trikka erishib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 5:1.
 
Fotogalereya
OCHL-2014. 2-saralash bosqichi. 08.02.2014
“Al Jaish” – “Nasaf” 5:1 (3:0)
Doha. Suhaym bin Ahmad stadioni. 5400 tomoshabin.
Gollar
:  Seul Ki Ko (4, 27,80),  Nilmar (36), Abdurahmon Issa (49) – Farruh Sayfiev (76).
Ogohlantirish: Seul Ki Ko (18), Anderson (50) – Baydullaev (25), Sayfiev (74)

“Al Jaish”: 33. Ahmad Sofyan, 2. Murod Naji (8. Yusuf Mufta, 15), 4. Anderson (s), 7. Vesam Riziq, 9. Nilmar (20. Vagner Ribeyro, 74), 10. Jires Kembo Ekoko, 14. Mohd Meznani, 17. SeulKi Ko, 19. Abdurahmon Isa, 21. Ali Sanad, 29. Muhammad Muntari (12. Majid Muhammad, 62).
 
“Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom SHomurodov (10. Keja To'raev, 61), 17. Artur Gevorkyan, 19, Igor Taran (41. Azamat Allaniyazov, 46), 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov (29. Ulug'bek Dadaboev,79), 28. SHuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farrux Sayfiev.

Hakamlar: Stebre Delovski, Pol Adam, Natan Makdonald (hammasi  Avstraliyadan), Mohd Nafiz (Malayziya).
Hakamlar nazoratchisi: Yazbek Yazbek (Livan).
Uchrashuv komissari: Talala Alsvailmin (Iordaniya). -

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика