“Al Vasl” Qarshida tantanali ravishda kutib olindi FOTO
19 fev 2018 08:18
Yangiliklar


“Al Vasl” Qarshida tantanali ravishda kutib olindi FOTO
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridan, to'g'ri Qarshi shahriga parvoz qilgan havo layneri 18 fevral kuni soat 21:00da Qarshi aeroportiga kelib qo'ndi.
50 kishidan iborat “Al Vasl” klubi vakillari Qarshi shahriga etib keldi.
“Al Vasl” klubi delegaciyasini "Nasaf" rasmiylari, karnay-surnay sadolari ostida, tantanali kutib olishdi. Mehmonlar Qarshidagi “Sulton” mehmonxonasida istiqomat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, bugun o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Jumladan, jamoalar “Markaziy”da rasmiy mashg'ulotlar ham o'tkazishadi.
Quyida mehmonlarni kutib olish jarayonidan olingan suratlarni tomosha qiling.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar