“Al Vasl” Qarshida tantanali ravishda kutib olindi FOTO

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018, 08:18
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridan, to'g'ri Qarshi shahriga parvoz qilgan havo layneri 18 fevral kuni soat 21:00da Qarshi aeroportiga kelib qo'ndi.

50 kishidan iborat “Al Vasl” klubi vakillari Qarshi shahriga yetib keldi.

“Al Vasl” klubi delegaciyasini "Nasaf" rasmiylari, karnay-surnay sadolari ostida, tantanali kutib olishdi. Mehmonlar Qarshidagi “Sulton” mehmonxonasida istiqomat qilishadi.

Eslatib o'tamiz, bugun o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Jumladan, jamoalar “Markaziy”da rasmiy mashg'ulotlar ham o'tkazishadi.

Quyida mehmonlarni kutib olish jarayonidan olingan suratlarni tomosha qiling.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz