So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

OCHL. "Lokomotiv" yana mag'lub bo'ldi va guruhda qolib ketdi Yangiliklar

OCHL. "Lokomotiv" yana mag'lub bo'ldi va guruhda qolib ketdi

OCHLning 5-turi doirasidagi "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Unga ko'ra, ushbu mavsumda ilk marta Azizbek Haydarov asosiy tarkibda maydonga tushadi.

"Al Vahda" - "Lokomotiv" 3:1

Gol: Timurxo'ja Abduxoliqov (48, 0:1), Sebastyan Tangliabyue (59, 1:1), Leonardu (77, 2:1), Halil (90, 3:1).

"Al Vahda": 1. Muhammad al-SHamsi, 2. Muhammad al-Menhali, 8. Hamdan al-Kamoli, 10. Ismoil Matar, 11. Sebastyan Tagliabyue, 15. Nozim al-Maazm, 23. Rim CHang Vu, 37. Ahmad al-Mehrzi, 42. Leonardo, 52. Hussayn Abbos, 77. Halil Ibrohim.

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov - 33. Oleg Zoteev, 5. Anzur Ismoilov, 88. Igor Yelich, 24. Davron Hoshimov - 23. Yovan Jokich, 7. Azizbek Haydarov (s), 71. Arslanmurat Amanov, 10. Sardor Mirzaev, 17. Husniddin G'ofurov - 11. Timurxo'ja Abduxoliqov.

Zaxiradagilar: 12. Mamur Ikromov, 8. Jamshid Iskanderov, 9. Filipp Rayevac, 14. Azizbek Amonov, 19. Avazbek O'lmasaliev, 72. Boburbek Ergashev, 77. Diyorjon Turopov.

YANGILASH

YAXSHIKI O'YIN YAKUNLANDI. TEZROQ TUGASHINI KUTDIK. HAKAM HUSHTAGINI CHALIB, "LOKOMOTIV"NING OCHLDAGI ISHTIROKINI HAM YAKUNLAB BERDI.

90+1. Halil hisobni o'zgartirdi. "Loko" himoyasi esa shunchaki "proval".

90. O'zgarish. Matar o'rniga Taxnun maydonga tushdi.

86. "Lokomotiv"ning o'yiniga shunchaki minus bossak arziydi. "Al Vahda" istalgan uslubda kirib kelib, gol urmoqda. Hakam esa hozir golni hisoblamadi.

78. O'zgarish. G'ofurov o'rniga Rayevac.

77. Leonardu penaltidan unumli foydalandi, 2:1.

75. Darvozamiz tomon penalti. Qanday qilib, to'p qo'l bilan o'ynalmadi-kuuuu....

74. G'ofurovning zarbasi Abduxoliqovga tegib maydonni tark etdi.

72. "Al Vahda" tarkibida o'zgarish. al-Maazm o'rniga Mansur al-Xarbi maydonga tushdi.

70. ZARBAAAAAA!!! Zoteevning zarbasi darvozaning ustuniga tegib qaytdi. "Loko" o'ziga kelmoqda.

66. "Loko" himoyachi anchagina bo'sh o'ynamoqda. Hozir Leonardu himoyachilarni aldab o'tib, darvozaga zarba berdi. Ilyosov to'pni qaytardi. Qaytgan to'pga Tagliabyue zarba berdi. Bunda ham to'pni Ilyosov ushlab oldi.

65. Davron Hoshimov ogohlantirildi.

64. Davron Hoshimovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

63. "Loko" himoyachisining xatosidan keyin Rim CHang Vu zarba berdi. Biroz noaniq.

59. Hisob tenglashdi. Tangliabyuening zarbasi "Loko" himoyachisiga tekkan holda darvozaga kirib ketdi.

58. "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish. Azizbek Haydarov o'rniga Diyorjon Turopov maydonga tushdi.

56. Leonardu ogohlantirildi.

53. Hussayn Abbos o'rniga al-Dxanxani maydonga tushdi.

50. Davron Hoshimov ogohlantirildi.

GOLLLLLLLLLLLLL! "Lokomotiv" hisobni ochmoqda. Asrlonmurot Amanovning uzatmasidan so'ng Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan darvozani ishg'ol etdi - 0:1!

46. "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish. Sardor Mirzaev o'rniga Jamshid Iskanderov maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim statistikasi
Burchak zarbalari: 1 - 2
Ogohlantirishlar: 1 - 0
Zarbalar: 2 - 8
Aniq zarbalar: 0 - 2
To'pni ushlab turish %: 39 - 61
Follar: 7 - 5
Offsaydlar: 0 - 1
Seyvlar: 2 - 0

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Javohir Ilyosov to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ygandi. Anzur Ismoilov esa to'pni burchakka chiqarib yuborgandi. Standartdan raqiblar unumli foydalana olishmadi.

37. Al Mexrzi ogohlantirildi.

36. Timurxo'ja Abduxoliqovning qanotdan uzatgan pasini darvozabon ushlab oldi.

31. ZARBAAAAAA!!! G'ofurov qanotdan bir necha futbolchini ortda qoldirgan holda darvoza tomon zarba berdi. Biroq to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

30. Sardor Mirzaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

28. Abduxoliqov Matarni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi.

23. ZARBAAAAAAAA!!! Jokichning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

20. Menhalining qanotdan uzatgan to'piga Taglibyue boshi bilan zarba berdi. Zarba biroz noaniq ketdi.

19. Anzur Ismoilovning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

17. ZARBAAAAAAAAA!!! Rim CHang Vuning zarbasi biroz noaniq ketdi.

16. Husniddin G'ofurovning zarbasi noaniq ketdi.

14. Leonardu bir zarbasi bilan Tagliabyueuni birga bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi. Ammo Yelich havfni bartaraf etdi.

12. Timurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi noaniq ketdi.

10. Ismoil Matarning jarimadan uzatgan to'pini himoyachilarimiz bartaraf etdi.

8. Sardor Mirzevning zarbasi noaniq ketdi.

5. Xavfli vaziyatttt!!! "Lokomotiv"ning burchakdan uzatgan to'pi hech kimga tegmay maydonni tark etdi. Bu vaziyatda darvozabon ham hech nima qila olmasdi.

3. Tagliabyue hujumga o'tgandi. Biroq bu vaziyatda Anzur Ismoilov xavfni bartaraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar OFK madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanmoqda.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика