So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  19 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

"Al Vahda" bosh murabbiyi: "SHarmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldik" Yangiliklar

"Al Vahda" bosh murabbiyi: "SHarmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldik"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi ishtirok etdi.

Uchrashuvni 0:5 hisobidagi mag'lubiyat bilan tugatdik. Buni sharmandali mag'lubiyat deya olaman. Birinchi bo'lim teng bo'ldi, ammo bir nechta kutilmagan gollar o'tkazib yubordik. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda bu xatolarni takrorlamaymiz va ijobiy natijaga erishamiz.  


- Bugun ikkinchi darvozabonni tushurdingiz. OCHL sizlar uchun muhim musobaqa emasmi? 

- Har bir musobaqa biz uchun muhim. Hali oldinda 5ta o'yin bor. Faqat bugungi o'yin bilan xulosa qilmanglar. Bu erga etakchi o'yinchilar kela olishmagani ham tasir qildi. Menda birinchi yoki ikkinchi darvozabon degan tushuncha yo'q. SHunchaki bugun omadimiz kelmadi. Ikkala darvozabon ham men uchun bir xil.

- Keyingi o'yinga qadar oz vaqt bor...

- Jamoamiz 15ta o'yinda yutqazmadi, o'sha o'yinlarda kam zarba bergandik. Futbolchilarimni tanqid qilmoqchi emasman. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman.  

- "Al Vahda" futbolchilarida jismoniy holati past edimi?

- Bu fikrga qo'shila olmayman. Birinchi taymda teng o'ynadik. SHunchaki kutilmagan gollar o'tkazdik. Xatto o'z darvozamizga gol ham urib qo'ydik. 

- 10, 22 va 70 raqamdagi o'yinchilar bizningcha yaxshi o'ynashdi. Sizning fikringiz qanday?

- Balki ular boshqalardan ko'ra yaxshiroq o'ynashgandir. Ammo 0:5 hisobida yutqazgan o'yinda qaysidir futbolchini yaxshi o'ynadi deb aytish qiyin. Keyingi uchrashuvda barcha o'yinchilarimiz yaxshi o'ynashlariga umid qilaman.



Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика