So’nggi yangiliklar

15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  0 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  0 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  5 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  15 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  23 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3

“Al Taavon” qanday jamoa? Yangiliklar

“Al Taavon” qanday jamoa?

Teglar :  Al TaavonLokomotiv
Toshkentning “Lokomotiv” klubi OCHL-2017 guruh bosqichining ilk uchrashuvini Saudiya Arabistonining “Al Taavon” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ko'pchilikda savol tug'ilishi mumkin, “Al Taavon” qanday jamoa? Bu klub biz uchun xavflimi? Haqiqatdan ham “Al Taavon” biz uchun sirli raqib. Ushbu jamoa xalqaro maydonlarda rasmiy uchrashuvlarda ham o'rtoqlik bahslarida ham klublarimizga qarshi biror marotaba ham maydonga tushishmagan.

O'ylaymizki “temiryo'lchilar” ushbu raqib haqida etarlicha malumotga ega bo'lishgan. Endi esa bu jamoa haqida sizlarga etarlicha malumot berib o'tamiz.



“Al Taavon” Saudiya Arabistoning Burayda shahrida 1956 yili tashkil etilgan. Ushbu klub Saudiya Arabistoni premer-ligasida ishtirok etib kelmoqda. “Al Taavon” ilk bor “Saudiya yoshlar klubi” nomi ostida tashkil etilgan. Uy uchrashuvlarini Saudiya Arabistonidagi “Qirol Abdulla sport siti” stadionida o'tkazadi. Stadion o'z bag'riga 25 000 muxlisni sig'dira oladi. Jamoaning erishgan eng katta yutug'i 1990 yil Saudiya Arabistoni “Qirol kubogi”da finalga chiqqani. “Al Taavon” Saudiya Arabistoni premer-ligasida 1995/96 yilgi mavsumda debyut qilgan, ammo debyut ishtirok “Al Taavon” uchun omadsiz boshlanadi va premer-ligada so'nggi pog'onadan bitta oldingi o'rinni egallab birinchi divizionga ravona bo'ladi. Oradan bir yil o'tib 1997/98 yilgi mavsumda jamoa yana premer ligaga qaytadi. Afsuski klub yana musobaqa jadvalida so'nggi pog'onani egallaydi va birinchi dvizionga tushib ketadi. Oradan 13 yil o'tib yana 2010/11 yilgi mavsumda yana premer ligaga qaytadi va ilk bor o'z tarixida oliy divizionni tark etmaydi. Bu yil “Al Taavon” ilk marotada OCHL musobaqasida ishtirok etmoqda.



“Al Taavon” OCHL musobaqasiga quyidagi futbolchilar ro'yxatini topshirgan.

Darvozabonlar
1.Yazid Al Sayyah
21. Muataz Abdulrahmon Albagavi
22. Fahad Alshamari
23. Sulton Muhammad Algamdi
32. Fayz Hussain Alsubai
Faysal Al-Magrab

Himoyachilar
3. Abdulloh Kano
4. Rikardo Tavares Machado
5. Talal Ali absi
13. Ibrohim Salim Al-Zubayda
17. Mahmud Moaz
28. Abdulloh Haif Alshammari
70. Mahmud Eydah Alsairai

Yarim himoyachilar
6. Abdulrahmon Al Barakah
10.Jehad Al Husayni
14. Muhammad Abdulloh Abusabaan
16. Naif Musa Muhammad
18. Madallah Ali Alolayan
27. Said Aldosari
29. Lusian Sanmartin
37. Abdulaziz Alsharid
49. Ahmed Zain
80. Abdulmajid Alsuvat

Hujumchilar

7. Musa Salman Alshammari
11. Saqir Ibrohim Otayf
19. Alasane N’Diaye



“Al Taavon” jamoasida quyidagi xorijiy futbolchilar to'p tepgan.
Migen Memelli  (Albaniya), Amir Azmi (Misr), Xarrison CHongo (Zambiya), SHodi Abu Xashxash (Iordaniya), Mansur Kurtishi (Makedoniya), Abdulrazzoq Al Xuseyni (Suriya), Deyan Rusich (Serbiya), Mario Jardel (Braziliya).

Takidlash kerakki, ushbu o'yin “Lokomotiv” uchun ham “Al Taavon” uchun haqiqiy ahamiyatli bo'ladi. Eslatib o'tamiz, OCHL guruh bosqichi 1-tur “Lokomotiv” – “Al Taavon” uchrashuvi Saudiya Arabistoni Burayda shahrida joylashgan “Qirol Abdulloh” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:40 da boshlanadi. Vakillarimizni qo'llab-quvvatlang.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика