"Al-Sadd" Xavini "Barselona"ga tekinga qo'yib yubormoqchi emas
05 noy 2021 01:19
Yangiliklar
"Al-Sadd" Xavini "Barselona"ga tekinga qo'yib yubormoqchi emas
Xavining "Barselona" bosh murabbiyi bo'lishi hozircha aniq emas, savol ochiqligicha qolmoqda.
"Marca" nashrining yozishicha, "Al-Sadd" Xavi uchun malum miqdorda pul olishni ko'zlab turibdi. Vaholanki, dastlab klub uni tekinga qo'yib yuborishi haqida malumot paydo bo'lgandi.
Payshanba kuni tomonlar o'rtasida bir nechta uchrashuv bo'lib o'tdi, ammo hozirga kelib "Barsa" Xavi uchun tovon puli yoki uning bir qismini to'lab berishga majbur bo'ladigandek holatda.
Tasdiqlanmagan malumotlarga qaraganda, kompensaciya summasi umumiy hisobda 5 million evro. Juma kuni tomonlar yana muzokaraga kirishadi va masala batamom hal bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar