“Al Sadd” Xavi bo'yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi
30 okt 2021 07:00
Yangiliklar
“Al Sadd” Xavi bo'yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi
Avvalroq, Xavi murabbiylik faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq, “Al Sadd” 41 yoshli mutaxassis jamoadan ketmasligini malum qildi.
“Jamoa rahbariyati Xavining klub bilan ikki yillik shartnomasi borligi va u bor etiborini jamoaning ligadagi etakchiligini saqlab qolish hamda bo'lajak o'yinlarga qaratayotganini haqida malum qiladi”, deb yoziladi dohaliklar matbuot xizmati bayonotida.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik sobiq futbolchi 2019 yildan beri Qatar klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. U hozirgacha “Al Sadd” bilan 7ta titulni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar