So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  54 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

OCHL-2019. "Lokomotiv" Qatarda "Al Rayan"ga yutqazdi Yangiliklar

OCHL-2019. "Lokomotiv" Qatarda "Al Rayan"ga yutqazdi

Osiyo CHempionlar ligasining "B" guruhi 2-tur doirasidagi "Al Rayan" - "Lokomotiv" uchrashuvida vakillarimiz g'alabani saqlab qolisholmadi.

Al-Rayyan

Lucca - 38', Gelmin Rivas - 58'

AFC Champions League Grp. B . 2-tur

11/03/2019, 19:35

1
:
2
Tugadi

Lokomotiv Tashkent

Diyor Turopov - 4'

45'
90'
38'  Lucca
58'  Gelmin Rivas
68'  Abdulrahman Al Harazi (Abdulrahman Al Karbi)
71'  Gelmin Rivas (Khalfan Ibrahim)
82'  Sebastian Soria (Ahmed Al Sayed)
4'  Diyor Turopov
68'  Davron Khashimov (Shukhrat Mukhammadiev)
76'  Diyor Turopov (Alisher Shogulyamov)
84'  Jamshid Iskandarov (Arslanmyrat Amanov)
 


OCHL-2019. "B" guruhi, 2-tur.

"Al Rayan" - "Lokomotiv" 2:1

Qatar, Doha shahri. “Jassim bin Hamad” stadioni.

Gollar: Lukka (38), Rivas (58) - Diyorjon Turopov (4, assist: Abduxoliqov)

"Al Rayan": 1. Fahad Yunis, 2.Muhammad Al Aeldin, 3.Rivas (11.Ibrohim Halfan, 71), 5.Traore, 7.Abdulrahmon Al Harazi (6.Aldulrahmon Al Korbi, 68), 9.Lukka, 10.Rodrigo Tabata, 13.Viera, 21.Muhammad Juma,  22.Kox Myong-Jin, 23.Sebastyan Soriya (32.Ahmed El Sayed, 82).

Zaxira: 12.Muhammad Sayyar, 4.Musa Harun, 15.Muvafak Avad, 28.Abdulaziz Eysa.

"Lokomotiv" (4-3-3): 35. Javohir Ilyosov - 33. Oleg Zoteev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 5. Anzur Ismoilov, 24. Davronbek Hoshimov (28. SHuhrat Muhammadiev, 68) - 77. Diyorjon Turopov (70. Alisher SHog'ulomov, 77), 23. Yovan Jokich, 8. Jamshid Iskanderov (71.Arslonmurot Amanov, 84) - 10. Sardor Mirzaev, 17. Husniddin G'ofurov, 11. Timurxo'ja Abduxoliqov.

Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 9. Filipp Rayevac, 88. Igor Yelich, 19. Avazbek O'lmasaliev.

Ogohlantirishlar: Turopov, Zoteev.


                         MATNLI TRANSLYACIYA


- O'YIN TUGADI! 

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Lokomotiv" jamoasining himoyadagi "o'yini" golga olib kelishiga sal qoldi.

88. Uhhhhhhhhhhh! Burchak zarbasidan so'ng Anzur Ismoilov boshi bilan kuchli zarba yo'lladi. To'pni darvozabon bartaraf etdi. Qaytib maydonga tushgan to'pni esa himoyachi o'z darvozasi chizig'i oldidan qaytarib yubordi.

- Nihoyat! Arslonmurot Amanov maydonga tushdi. Jamshid Iskanderov zaxiraga olindi.

- "Al Rayan"da oxirgi o'zgarish: Soriya o'rniga Ahmed El Sayed maydonga tushirildi.

- "Loko" zaxirasida doim bitta legioner futbolchisi o'tirishi kerak shekilli. Filip Raevac hozir shu ishni qilmoqda. Yoki Arslonmurot Amanov borasida ham shunday deyish mumkin. Nega unda olindi, degan savol uyg'onadi. 

78. Zaxiradan maydonga tushgan Alisher SHog'ulomov oddiy vaziyatda to'pni qabul qila olmadi. Natijada qulay vaziyat ko'kka sovurildi.

- "Loko"da yana o'zgarish: Diyor Turopov o'rniga Alisher SHog'ulomov maydonga tushirildi.

73. "Lokomotiv"ning hujumlari yakuniga etmasdan uzlib qolmoqda.

- "Al Rayan"da yana o'zgarish: Rivas o'rniga Ibrohim Halfan maydonga tushirildi.

69. Xavfli hujum! Javohir Ilyosov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

- O'zgarishlar: "Al Rayan" safida Al Harazi o'rniga Korbi maydonga tushirildi. "Loko"da esa Davron Hoshimov o'z o'rnini SHuhrat Muhammadievsha bo'shatdi.

66. "Al Rayan" endi taktik o'yin taklif etmoqda. To'p nazorati "Loko"da, lekin hujumlarni tugatish borasida oqsaqlanmoqda.

62. Bemalol birinchi raqam bilan, hujumkor o'ynasa bo'ladigan raqibga qarshi o'yinda "Loko" qiynalib qolmoqda. Natijadan kelib chiqib o'ynash rejasi ish bermadi. "Al Rayan"ga qarshi hujumkor, jangovor o'ynash kerak. Ularning eng bo'sh nuqtasi himoya. Hujumi esa juda o'tkir va kuchli. Qariya bo'lsada ijrochilari kuchli. Aynan shu jihat hal qiluvchi rolni bajarmoqda.

- Gol o'tkazilgan vaziyatda to'pni Islom To'xtaxo'jaev qaytarishi mumkin edi. Biroq himoyachi ortida hech kim yo'q deb o'ylab to'pga teginmadi. Natijada esa orqada turgan Rivas uchun bu ayni muddaoga aylandi.

58. Gol! Rivas! "Al Rayan" tashkil etgan hujumni ikkinchi qavatda bartaraf etmoqchi bo'lgan Anzur Ismoilov to'pni raqib futbolchisi Soriyaga "sovg'a" qildi. Kuintana esa "prostrel" bilan Rivas tomon to'pni oshirdi. Yo'l-yo'lakay to'p himoyachilardan o'tib ochiq turgan Rivasga borib tushdi. Futbolchi bir harakat bilan osonlikcha hisobni jamoasi foydasiga oshirdi - 2:1.

56. Husniddin G'ofurov yaxshi vaziyatga chiqdi. Ammo uning zarbasi yo'liga himoyachi g'ov bo'ldi. Barchak zarbasi. Lekin bundan "temiryo'lchilar" naf chiqara olishmadi.

53. Turopov chamasi 18 metrlar masofadan gol urmoqchi bo'ldi. Ammo uning zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

51. O'yin tempi birinchisi kabi juda sekin boshlanmoqda.

Qatar nashrlari "Loko"ning goli o'yindan tashqari holatdan urilgani haqida bong urishmoqda

48. Ortiqcha shovqinsiz boshlangan ikkinchi taymda hozircha maydon egalari to'pga egalik qilishmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi.

Birinchi bo'limdagi "qaynoq" fotosuratlarni tomosha qiling:


- Birinchi taym tugadi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

"Lokomotiv"ni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislar


41. O'yin tizginini o'z qo'liga olgan "Al Rayan" mahorat evaziga hisobni tenglashtirdi.

38. GOL! LUKKA! Sen urmasang, senga gol urishadi. "Lokomotiv" sal avval ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi. "Al Rayan" esa javob hujumida hisobni tenglashtirdi. Markazdan uyushtirilgan hujum chap tomondan jarima maydonchasi ichiga kirib kelgan Lukka orqali rivojlantirildi. Aynan legioner futbolchi bu vaziyatda masalan hal etdi. Darvozaning yaqin burchagina yo'naltirilgan kuchli zarbani Javohir Ilyosov bartaraf etishga ulgurmadi - 1:1.

36. "Al Rayan" o'yinni "Lokomotiv" maydonchasi tarafga ko'chirishga va tizginni o'z qo'liga olishga erishdi. Lekin hujumlaridan hozircha naf chiqara olmadi. "Loko"da esa qarshi hujumda ajoyib vaziyat yuzaga keldi. Abduxoliqov va Zoteev ajoyib kombinaciya orqali chiroyli yurishni amalga oshirdi. Lekin Zoteev o'zi uchun noqulay bo'lgan o'ng oyog'ida kutilganidek zarba berolmadi.

33. Endi "Al Rayan" standart vaziyatiga ega chiqdi. Tabata tomonidan tepilgan zarbani Ilyosov qaytarib yubordi va raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. To'qnashuv natijasida Ilyosovning boshiga raqib futbolchisining tizzasi tegdi. Biroq hammasi joyida. Javohir o'yinni davom ettiradi.

31. "Lokomotiv" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo bundan naf chiqara olishmadi.

28. "Al Rayan" asta-asta o'yin tizginini o'z qo'liga olmoqda.

27. Ogohlantirish: Diyor Turopov maydon markazida raqibga nisbatan qoidani buzgani uchun. 

25. "Al Rayan" asta-sekinlik bilan bemalol jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Yaxshi hujum uyushtirildi, lekin Javohir Ilyosov o'z vaqtida to'pga chiqib kelib, xavfli vaziyatni jamoasi foydasiga yumshatdi. Barakalla!

23. Maydon egalarining javob hujumi. Rodrigo Tabataning zarbasiga aniqlik etishmadi. Tabataning zarbasi juda kuchli va xavfli. Esdan chiqarmaslik lozim.

22. "Loko"dan xavfli hujum! Ajoyib kombinaciya orqali tashkillashtirilgan hujumni jarima maydonchasi ichida paydo bo'lgan Zoteev samarali yakunlay olmadi. Hujumga besh, ammo zarbaga emas. Oleg qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

20. "Lokomotiv" birinchi raqamda, maydon egalari ikkinchi raqamda o'ynashmoqda. Ammo bu konsentraciyani bir zumga bo'lsada yo'qotishga imkoniyat bermaydi. Xotirjamlik yaxshi, ammo ehtiyotkorlikni unutmaslik kerak.

18. "Al Rayan"ning juda bo'sh va sekin o'ynayotgani "Loko"ning diqqat etiborini biroz pasaytirib yubormoqda. Ammo mezbonlar futbolchisi Rivas tomonidan berilgan kuchli zarba xavfli, ammo biroz noaniq ketdi. O'yin suratiga qarab bo'shashish yaramaydi, raqib safida yarimta imkoniyatni golga aylantira oladigan ijrochilar mavjud.

16. O'yin surati ancha past. "Loko" xotirjam o'ynamoqda. "Al Rayan"da asosan yoshi katta futbolchilari o'ynayotgani uchun ham jamoa o'yini juda sekin chiqmoqda.

14. O'yin hozircha maydonning ikkinchi yarmida o'tmoqda, "Al Rayan" maydonchasi oldida.

10. O'yin tizgini to'liq "Loko" qo'lida. "Al Rayan" hozircha o'z maydonchasi oldida himoyalanish bilan band.

7. "Loko"dan yana bir xavfli hujum. Jokichning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

6. Urilgan goldan so'ng "Lokomotiv" xotirjamlik bilan to'pni nazorat qilmoqda. Mezbonlar esa hozircha tashabbusni raqibdan olib qo'yish bilan ovora. 

- "Lokomotiv"ning ilk hujumi samarali yakunlandi. Sardor Mirzaev-Timurxo'ja Abduxoliqov-Diyor Turopov uchligi uyushtirgan hujum golga aylandi. Abduxoliqovning markaz uzatgan to'pini Turopov osonlik bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DIYOR TUROPOV! 

1. "Al Rayan" ilk hujumini uyushtirdi. Lukka uzoq masofadan kuchli zarba orqali Ilyosovni tekshirib ko'rmoqchi bo'ldi. Ammo zarba mo'ljalga aniq bormadi.

- UCHRASHUV BOSHLANDI! Olg'a "Loko", omad!

- Jamoalar OCHL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

- "Lokomotiv" yangi mavsumdagi UCHINCHI rasmiy uchrashuvini o'tkazmoqda. O'zbekiston Superkubogi va OCHL birinchi tur doirasidagi bahslarda ishtirok etishga ulgurdi. Har ikkalasida ham jamoa g'alaba qozongan. Bu shunchaki malumot uchun :-)

- Quvonarlisi, stadionga Dohada istiqomat qilayotgan Toshkentdan borgan o'zbekistonlik muxlislar "Loko"ni qo'llab-quvvatlashga kelishgan.


"Lokomotiv"ning yangi mavsumdagi etakchi hujumchisi - Timurxo'ja Abduxoliqov hozircha maydonni golsiz tark etmayapti


"Lokomotiv"ning ikki transferi - Yovan Jokich & Avazbek O'lmasaliev


Jarohatidan forig' bo'lgan SHuhrat Muhammadiev endilikda jamoaga yaqindagina kelgan Davron Hoshimovni asosiy tarkibdan chiqarib yuborish uchun raqobatga kirishadi


"Qo'qon-1912"da porlagan, "Bunyodkor"da to'liq ochilolmagan, "Loko"ga o'tgan serbiyalik Filip Raevac hozircha o'z imkoniyatini zaxirada o'tirgan holda kutmoqda


- "Loko" ustozi Andrey Fyodorov o'yindan avval flesh-intervyu bermoqda. Qizig'i, mazkur jarayonda tarjimon vazifasini uning yordamchisi Mirko Yelichich bajarmoqda

- Ayni paytda "Lokomotiv" jamoasi o'yin bo'ladigan  “Jassim bin Hamad” stadioniga etib kelishgan va jamoaning bugungi bahsdagi asosiy tarkibi malum qilindi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! "Lokomotiv" bugun Dohada OCHL guruh bosqichidagi raqibi "Al Rayan" mehmoni bo'lmoqda. O'tgan turda muhim g'alaba orqali musobaqani boshlagan "temiryo'lchilar" Saudiya Arabistonidan "tarsaki" eb kelgan "Al Rayan" bilan bellashishadi. Kayfiyat har ikkala jamoada har xil. "Al Rayan" o'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiyini istefoga chiqardi. Ayni paytda esa "Al Rayan"ni yangi mutaxassis Jilson Souza o'z boshqaruviga oldi.

Al-Rayyan

Lucca - 38', Gelmin Rivas - 58'

AFC Champions League Grp. B . 2-tur

11/03/2019, 19:35

1
:
2
Tugadi

Lokomotiv Tashkent

Diyor Turopov - 4'

45'
90'
38'  Lucca
58'  Gelmin Rivas
68'  Abdulrahman Al Harazi (Abdulrahman Al Karbi)
71'  Gelmin Rivas (Khalfan Ibrahim)
82'  Sebastian Soria (Ahmed Al Sayed)
4'  Diyor Turopov
68'  Davron Khashimov (Shukhrat Mukhammadiev)
76'  Diyor Turopov (Alisher Shogulyamov)
84'  Jamshid Iskandarov (Arslanmyrat Amanov)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика