So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  62 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

"Al Rayan" bosh murabbiyi: "Ertaga nima qilish kerakligini juda yaxshi bilamiz" Yangiliklar

"Al Rayan" bosh murabbiyi: "Ertaga nima qilish kerakligini juda yaxshi bilamiz"

Ertaga, 11 mart kuni OCHL 2-tur doirasida "Al Rayan" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bugun o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Bunda dastlab "Al Rayan"ning yangi bosh murabbiyi Jilson Souza va yarim himoyachi Muhammad Alaaeldin savollarga javob qaytardi. 


- Hozirdan taxmin qilish qiyin emas, o'yin juda qiyin kechadi. CHunki birinchi turda mag'lubiyatga uchradik, shu bois jamoa oldida bosim katta. Bosimni yo'qqa chiqarish uchun esa ertaga yutishimiz shart. SHunda bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat tug'ilishi mumkin, - deya fikr bildirdi mezbonlar bosh murabbiyi. 


- Lokomotiv haqida nima deya olasiz? 

- "Lokomotiv" - kuchli klub. Men bu jamoaning avvalgi ikkita o'yinini ko'rib shunga yarasha xulosa chiqardim. Jamoa o'yinchilari tezkor va pressingni yaxshi qo'llashadi. Lekin meni ko'proq o'z jamoamning holati qiziqtiryapti. Biz ertangi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ijobiy natija ko'rsatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. 


- Ertangi o'yin oldidan sizda bosim bormi, har holda bu ilk rasmiy o'yiningiz bo'ladi. 

- SHuni aytishim kerak, men 9 yildan beri "Al Rayan"da faoliyat yuritib kelyapman. Bungacha U-19, U-23 jamoalarini boshqardim. Endi bo'lsa rahbariyat menga asosiy jamoani ishonib topshirdi. Men rahbariyat ishonchini oqlashga harakat qilaman. Yana shuni aytishim mumkin, ertaga nima yilish kerakligini juda yaxshi bilamiz.  


Futbolchi fikri: - "Lokomotiv"ga qarshi birinchi marta maydonga tushamiz. O'ylaymanki, bu biz uchun yaxshi yakun topadi. Jamoamiz hozir qiyin vaziyatda, chunki o'tgan uchrashuvda "Al Ittihod"ga yirik hisobda yutqazib qo'ydik. Endi vaziyatdan chiqib ketish haqida o'ylayapmiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика