“Al Nassr”/”Al Hilol” qo'shma tarkibidan Masharipov o'rin olmadi
17 jan 2023 07:45
Yangiliklar
“Al Nassr”/”Al Hilol” qo'shma tarkibidan Masharipov o'rin olmadi
19 yanvar kuni Ar Riyodda “Al Nassr” hamda “Al Hilol” yulduzlaridan tashkil topgan qo'shma tarkib PSJga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Qaydnomadan Krishtianu Ronaldu bilan birga Muso Marega, Anderson Taliska, Andre Karrilo, Mateus Pereyra, Luis Gustavo kabi legionerlar o'rin oldi. Ammo Jaloliddin Masharipov ro'yxatga kiritilmadi. Darvozabon David Ospinada esa jarohat bor.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Avvalroq, Ronaldu yulduzli tarkib sardori bo'lishi haqida xabar bergandik.
Fikrlar