Al Nassr yozda Bundesliga afsonasi bilan shartnoma tuzishi mumkin Yangiliklar

Al Nassr yozda Bundesliga afsonasi bilan shartnoma tuzishi mumkin

Teglar :  Al NassrMarko Roys
Yozda Borussiyani tark etishini elon qilgan Marko Roys faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

 Unga «Al Nassr» tomonidan jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashmagan, biroq saudiyaliklar futbolchini ko'ndirishlariga ishonishmoqda.

Markoga «Al Nassr»dan tashqari «Inter Mayami»dan ham taklif bor. Ammo 34 yoshli futbolchi hozircha kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Eslatib o'tamiz, Roys «Borussiya»dagi 12 yillik faoliyatidan so'ng yozda jamoani tark etishini malum qilgandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика