So’nggi yangiliklar

22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  7 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  3 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1 20:50Футбол олами. ОКМК ва "Насаф"да мағлубият: Ўзбекистон кубоги 1-тури ҳақида батафсил   0 20:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Кувайтга қарши ўйинга тайёргарликни бошлади  2 20:25Ковачичнинг пенальтидан тепган зарбаси йўналишини топишда Лунинга жамоадоши ёрдам берди  4 20:18Сенсация! Индонезия Австралияни мағлубиятга учратди  10 20:08"Аркадағ" кетма-кет ғалабалар сони бўйича "Реал", ПСЖ ва "Манчестер Сити"дан олдинда  14 19:39Хави "Барселона"нинг бугунги машғулотини бекор қилди  10 19:19"Барселона" ва "Сити" вакиллари "Лейпциг" футболчиси агенти билан учрашишди  0 18:54УЕФА "Барселона"ни жаримага тортди  6 18:15Келаси мавсум Англия Кубогида жиддий ўзгариш рўй беради  3 18:00Футзал. Қирғизистонликлар амалдаги Осиё чемпионини мағлуб этишди  6

"Paxtakor" "Al-Nasr"ni mag'lub etdi va OCHL guruh bosqichiga chiqdi Yangiliklar

"Paxtakor" "Al-Nasr"ni mag'lub etdi va OCHL guruh bosqichiga chiqdi

OCHL pley-off doirasidagi "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvidan maxsus onlayn reportajni taqdim etamiz.

Osiyo CHempionlari Ligasi-2019
Pley-off bosqichi
"Al Nasr" - "Paxtakor" 1:2
Gol: Alvaro Negredo 60 (pen.) - Dragan CHeran 31 (pen.), Marat Bikmaev 50.
19 fevral, Dubay. "Al Maktum" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti).
Hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)


"Al Nasr": Ibrohim Essa, Mahmud Hamis, Ahmad Ibrohim, Masud Sulaymon, Muhammad Ibrohim, Jon Umari, Xolid Jalol, Tariq Ahmad, Ronni Fernandez, Serjio Dutra, Alvaro Negredo (s)
Zaxira: Ahmad SHambih, Muborak Said, Muhammad Salman, Amir Muborak, Ali Almazam, Salim Solih, Said Suvaidan

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, SHerzod Azamov, Egor Krimec, Farruh Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Sadriddin Abdullaev (Dilshod Rahmatullaev 66), Doston Hamdamov (Jasur Yaxshiboev 74), Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev (Igor Sergeev 81).
Zaxira: Umid Hamroev, Salimov, Bahrom Abdurahimov, Vladimir Kozak.


90+6. BAHS YAKUNLANDI. "Al-Nasr"  -  "Paxtakor" 1:2. "SHerlar" OCHL guruh bosqichiga chiqdi.

90+4. "Paxtakor" aniq uzatmalar bilan vaqtni o'ldirishga urinyapti.

90+2. QUVVATOV! Ajoyib seyv! Sanjar Quvvatov "Paxtakor"ni muqarrar goldan saqlab qoldi.

90+1. Yaxshiboev jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo zarba berishga kelganda raqib epchilroq chiqib undan to'pni olib qo'ydi.

90. Uchrashuv asosiy vaqti yakunlandi. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi.

89. Rahmatullaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Hammasi yaxshi, futbolchi o'rnidan turdi.

87. Sariq kartochka. To'pga eta olmagan CHeran raqibini ochiqchasiga yiqitdi.

86. "SHerlar" vaziyatni ancha o'nglashdi va keskin hujumlar uyushtirishmoqda.

84. "Al-Nasr" seriyali xavfli hujumlarni boshlab yubordi, "Paxtakor" himoyachilari charchagani sezilmoqda. Hozircha hammasi biz uchun baxtli yakun topmoqda.

82. O'zgarish. Mahmud Hamis o'rniga Said Suvaidan maydonga tushdi.

81. O'zgarish. Bikmaev maydonni tark etdi. Uning o'rniga Igor Sergeev bahsni davom ettiradi.

81. Negredo uzoq masofadan Quvvatov darvozasiga zarba berdi, Sanjar to'pni qiyinchiliksiz tutib oldi.

78. BIKMAEVVV!! Marat jarima maydoni ichidan, o'tkirroq burchakdan darvoza tomon zarba berdi, biroz noaniq.

77. Yaxshiboev maydonga tushishi bilan o'zini yaxshi tomonda ko'rsatishga urinmoqda. Jasur o'ng qanotdan qarama qarshi tomonga pas berishga urindi, biroz noaniq.

76. "Paxtakor" futbolchilari vaziyatlardan unumli foydalana olishmayapti, aks xolda hisob yirik ko'rinishga ega bo'lardi.

74. O'zgarish. Hamdamov o'rniga Jasur Yaxshiboev maydonga tushdi.

72. ALIJONOOOOV!!! Xojiakbar OCHLdagi ilk o'yini kabi raqibni aldadi va to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, CHeranning zarbasi to'singa tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Alijonov egallab oldi va chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi, noaniq...

70. Bir daqiqa o'tib Hamdamov o'z qanotida raqibini aldadi va Sayfievning xatosini takrorladi.

69. "Paxtakor" chap qanotdan katta tezlikda qarshi hujum amalga oshirdi. Sayfiev jarima maydonchasiga kirib borayotgan Bikmaevga to'pni uzatishda biroz adashdi. 

66. O'zgarish. Sadriddin Abdullaev o'rniga Dilshod Rahmatullaev maydonga tushdi.

65. Masharipv o'z qanotida raqiblarni charchatishga urinmoqda va qisman buni uddalayapti.

63. BAA klubi vakillari ancha faollashib qolishdi, "Paxtakor" to'pni o'ziga qaytarishi kerak.

60. Afsuski, gol! Quvvatov zarba yo'nalishini topdi, ammo Negredoning kuchli zarbasiga kech qoldi. 1:2

58. Yana Paxtakor darvozasi tomon penalti! Sadriddin Abdullaev to'pni qo'li bilan qaytargani uchun hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

56. O'zgarish. Tariq Ahmad o'rniga Amir Muborak maydonga tushdi.

55. "Al-Nasr" darvozasi tomon hujumlar to'xtamayapti. "Paxtakor" raqibdan har tomonlama ustunligini ko'rsatmoqda.

50. GOOOLLL! BIKMAEV! Doston Hamdamov o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, Marat Bikmaev esa to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi! 0:2

49. "Al-Nasr" burchak zarbasi ishlab oldi, ammo himoyaga qaytgan CHeran xavfni bartaraf etdi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'limga start berildi.

- Dragan CHeranning golini Telegramdagi kanalimizdan tomosha qilishingiz mumkin: TELEGRAM



TANAFFUS

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Uzoqqa ketib qolmang, "issiqqina" suratlar bilan mehmon qilamiz.

42. Quvvatov ishga kirishdi. Sanjar darvoza to'sini ustiga kelayotgan to'pni tashqariga chiqarib yubordi. BAA klubi vakillari burchak zarbalari orqali "sherlar" darvozasini ishg'ol qilishga urinmoqda.

41. "Paxtakor" hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng, biroz orqaroqqa qaytdi va raqibni qarshi hujumda jazolashga umid qilmoqda.

38. Masharipov uzoq masofadan zarba berib, omadini sinab ko'rishga qaror qildi, ammo to'p yo'nalishi noaniq.

36. Vakillarimiz jarima zarbasi ishlab olishdi. Masharipov to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, qaytgan to'pni "Paxtakor" futbolchisi darvoza tomon yo'lladi, "Al-Nasr" himoyachilari darvozabon joniga oro kirishdi. 

31. GOOOOOOOLLL!!! CHERAN HISOBNI OCHMOQDA! Bu Negredo emas, DRAGAN CHERAN!

30. PENALTI! Hamdamov to'pni jamoadoshiga uzatayotganda raqib himoyachisi uni qo'li bilan qaytardi.

26. Dubay klubi vakillari "Paxtakor" darvozasi tomon uzoqdan zarba berishga urinishdi, ammo himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.

22. CHeran Masharipovga ajoyib pas berib, qarzini uzib qo'ydi. Jaloliddin to'pni to'xtata olmadi, aks xolda raqib darvozasi oldida juda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

20. Masharipov o'z qanotida ajoyib harakat qildi va biroz orqaroqqa qaytib, to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. CHeran to'pga raqibdan oldin chiqishga urindi, ammo futbolchining bo'yi to'pga etmadi.

18. "Paxtakor" burchak zarbasi ishlab oldi. Standart Krimecning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.

15. NEGREDO! Alvaro Negredo penaltidan foydalana olmadi! 

13. "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilandi! Hamrobekov o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. "SHerlar" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi.

12. Bikmaev! Maratning raqib darvozasiga boshi bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi.

10. Ilk 10 daqiqada to'p bilan ko'proq "Paxtakor" futbolchilari muomala qilishdi.

7. "Paxtakor" navbatdagi hujumini amalga oshirayotganda Hamdamov uzatgan to'p o'z manziliga etib bormadi.

3. ZARBAAA! CHeran Masharipovning pasidan so'ng BAA klubi darvozasiga zarba berdi, posbon o'z vazifasini yaxshi uddaladi, qaytgan to'pni Hamdamov darvozaga joylab qo'yishga urindi, ammo nishonga olishda xatolik yuz berdi.

2. Raqib jamoa hujumga o'tdi, Serjio Dutra "Paxtakor" darvozasi tomon boshi bilan zarba berdi, Quvvatov hammasini nazorat qilib turibdi.

1. Uchrashuv boshlandi. 


- Bazi bir texnik sabablarga ko'ra, uchrashuv translyaciyasi uzilib qoldi. 

- Egor Krimec va raqib jamoa sardori Alvaro Negredo uchrashuvni kim boshlab berishini kelishib olishdi. Vakillarimizga omad tilaymiz.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Kutib oling, "Al-Nasr" va "PAXTAKOR".

- "Al-Nasr" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuvni UzHD kanalidan tashqari "Mahalla" kanalida ham tomosha qilishingiz mumkin.

Malumot o'rnida: Osiyo CHempionlar Ligasida "Paxtakor" BAA jamoalariga qarshi jami 16 uchrashuvda maydonga tushgan: 10 g'alaba, 3 durang va 3 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 26-14, "Paxtakor" foydasiga. Safardagi 8 bahsda ham "Paxtakor" yaxshi natijalar qayd etgan: 5 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. "Paxtakor" "Nasr" bilan hozirgacha duch kelmagan. BAA klublaridan "Al Ahli", "Al Vahda", "Al Ayn", "Baniyas", "Al SHabab" va "Jazira"ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tgan. "Al Nasr" esa O'zbekiston jamoalaridan birgina "Lokomotiv" bilan to'qnash kelgan. Qizig'i, "Al Nasr" hozirgacha o'zbek jamoalariga mag'lub bo'lmagan. "Loko" bilan o'tkazilgan uchta bahsdan bittasi dubayliklarning foydasiga hal etilgan va ikkita o'yin durang bilan tugagan.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Dubaydan gapiramiz! Bugun SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" OCHL guruh bosqichi uchun kurashda "Al Nasr" mehmoniga aylanmoqda. Mazkur bahsdan matnli onlayn translyaciyani etiboringizga havola etamiz.

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика