So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  10 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

"Al Mumtoz" tarixidan. 2012 yilgi O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Neftchi" Yangiliklar

"Al Mumtoz" tarixidan. 2012 yilgi O'zbekiston chempioni "Paxtakor"ni mag'lub etgan "Neftchi"

Ertaga Superliganing 6-turidan o'rin olgan azaliy raqiblar to'qnashuvi "Neftchi" - "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin oldidan yaqin tarixdagi qarama-qarshiliklardan birini yodga olamiz.

2012 yil Oliy liganing qoldirilgan 5-turi doirasida 11 iyun kuni Farg'onada "Neftchi" va "Paxtakor" o'zaro bellashishadi. O'sha o'yinga qadar Deyan Jurjevich boshchiligidagi "Paxtakor" 8ta o'yinda 5ta g'alaba va 3ta durang qayd etib 18 ochko bilan ikkinchi o'rinda, Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi "Neftchi" 8ta o'yinda 3ta g'alaba, 3ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etgan holda 5-o'rinda edi.

Uchrashuvda hisobni "sherlar" ochishadi. Ikkinchi taym boshida himoyachi Davron Hoshimov uzoq masofadan gol uradi - 0:1.

Oradan taxminan 10 daqiqa o'tgach muvozanat tiklanadi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni bugungi kunda hakamlik qilayotgan Shavkat Nasibullaev darvozaga yo'llaydi - 1:1.

66-daqiqada Mansur Saidov uzoq masofadan ajoyib tarzda gol urishga muvaffaq bo'ladi va "Neftchi" stadioni larzaga keladi - 2:1.

"Sherlar" mag'lubiyatdan qutulish maqsadida katta kuch bilan oldinga o'tishadi, maydonga hujumchilar Bahriddin Vahobov va Shahboz Erkinov maydonga tushishadi. Biroq golni "Paxtakor" emas mezbonlar urishadi. Farg'onaliklar to'purari Anvar Berdiev yakuniy hisobni o'rnatadi - 3:1. Shu tariqa "Paxtakor"ning o'sha mavsumdagi dastlabki mag'lubiyati Farg'onada sodir bo'ladi.

O'sha yil "Paxtakor" 59 ochko to'plab O'zbekiston chempioni bo'lgan edi. "Sherlar" mavsumdagi uchta mag'lubiyatni "Neftchi", "Sho'rtan" va "Bunyodkor"dan qabul qilib olishgandi. "Neftchi" esa 37 ochko bilan chempionatni 6-o'rinda tugatgandi. O'sha mavsum Yuriy Sarkisyan uchun "Neftchi"dagi to'laqonli so'nggi mavsumi bo'lgandi. 2013 yil may oyida bosh murabbiy istefoga chiqarilgandi.

"NEFTCHI" - "PAXTAKOR" - 3:1 (0:0)

11.06.2012. 5-tur. Farg'ona. "Farg'ona" stadioni. 13098 tomoshabin.

Bosh hakam:
Kovalenko Valentin

Gollar:
0:1 - Hoshimov Davron, 46
1:1 - Nasibullaev Shavkat, 57
2:1 - Saidov Mansur, 66
3:1 - Berdiev Anvar, 82

"NEFTCHI": Turdaliev Farrux; Po'latov Shukurali; Nurboev Oybek; Nasibullaev Shavkat; Yoqubov Baxtier; Isroilov Otabek (Saidov Mansur, 46); Smolyachenko Pavel (Nizomiddinov Muhsin, 76); Mirzaev Sardor; Hakimov Sherzod (Berdiev Anvar, 65); Ermatov Dilyorbek; Akramov Iqbol.
"PAXTAKOR": Lobanov Aleksandr; Krimec Egor; Maxaradze Kaxi; Abduxoliqov Temurxo'ja (Erkinov Shahboz, 54); Klimiashvili Irakli; Karimov Sherzod (Mahstaliev Abbosbek, 64); Hoshimov Davron; Suyunov Ilhom; Andreev Stanislav; Kozak Vladimir; Qilichev Oybek (Vahobov Bahriddin, 74)

Ogohlantirishlar: Klimiashvili Irakli, 57; Saidov Mansur, 66; Andreev Stanislav, 76; Berdiev Anvar, 82; Krimec Egor, 87; Po'latov Shukurali, 90+2





Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика