“Al-Jayish”da g'alaba, jamoa 1-o'rinda, Rashidovda 66 daqiqa
21 noy 2016 07:09
Yangiliklar
“Al-Jayish”da g'alaba, jamoa 1-o'rinda, Rashidovda 66 daqiqa
Qatar Yulduzlar ligasida 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi o'z maydonida “Al-SHahaniya”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
CHempionat to'purari Romarino uchrashuvda dublga erishgan bo'lsa, yana bir gol Murad Naji Xusayn hisobiga yozildi. Hamyurtimiz boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada o'z o'rnini Ali Sanadga bo'shatib berdi.
CHempionatning 14-turidan so'ng “Al-Jayish” 19 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti. “Al-SHahaniya” esa 8 ochko bilan 10-pog'onadan joy olgan.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 14-tur
“AL-JAYISH” - “AL-SHAHANIYA” - 3:1
Doxa. “Abdulloh Bin Halifa” stadioni
Gollar: Romarino 15, 80-pen, Murad Naji Xusayn 45 – Muhammad Tayba
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar