So’nggi yangiliklar

00:45"Рома" - "Монца"  38 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  5 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

“Al Ittihod” – “Lokomotiv”. O'yinga oid faktlar Yangiliklar

“Al Ittihod” – “Lokomotiv”. O'yinga oid faktlar

Bir necha soatlardan keyin start oladigan bellashuv ahamiyati ancha yuqori.

Jiddaliklar Osiyo chempionlar ligasida o'ninchi bor ishtirok etayotgan bo'lsalar, “Lokomotiv”da guruh bosqichlaridagi ko'rsatkich endilikda ikkitaga teng. Hozirga qadar jamoalar o'zaro faqatgina bir marta to'qnash kelishgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgan.

“Al-Ittixod” (Jidda).

“Lokomotiv” bilan qayd etilgan 1:1 hisobi jiddaliklar uchun guruh bosqichining ochilish o'yinidagi birinchi durangdir. “Ittixod” guruh bosqichida etti marta ishtirok etgan bo'lsa, shularning 5 tasida ochilish bellashuvida g'olib chiqqan va 2 tasida imkoniyatni boy bergan.

“Al-Ittixod” O'zbekiston klublariga qarshi o'z maydonida 6 ta bellashuv o'tkazgan va ularning birortasida mag'lubiyatga uchramagan. 4 ta bellashuvda jiddaliklarning qo'li baland kelgan va faqatgina 2 tasida durang qayd etilgan. “Qirol Abdulloh”da mehmon bo'lgan O'zbekistonning so'nggi klubi 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. “Lokomotiv” bugun bu ananani yo'qqa chiqarishi mumkin.

Jiddaliklarning venesuelalik hujumchisi Gelmin Rivas joriy mavsum chempionlar ligasining har ikkala o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Pley-off roundida Iordaniyaning “Al-Vixdat” klubi darvozabonini ranjitgan Rivas, keyinchalik Toshkentdagi o'yinda Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga yo'l topa bildi.

Fahad Al-Muvallad Toshkentda olgan qizil kartochkasi sababli bugungi o'yinni qo'yib yuboradi. 1-turda qaydnomaga kiritilgan, lekin maydonga tushirilmagan 77-raqamdagi futbolchi Riyod Al-Ibrohim esa o'yinoldi mashg'ulotda jarohat olib, bugun maydonga tushmaydigan bo'ldi.

“Al-Ittixod” chempionlar ligasida ikki bor muvaffaqiyat qozongan klubdir. 2004 va 2005 yilgi mavsumlarda Jidda klubiga teng keladigani topilmagan. O'tgan mavsum Saudiya ligasini 4-o'rinda yakunlagan “Ittixod” chempionlar ligasi guruh bosqichiga pley-off orqali yo'llanma oldi. Mazkur jamoa 2004 yilgi finalda Janubiy Koreyaning “Seongam Ilva CHunma” jamoasini umumiy hisobda 6:3 ga mag'lub etgan. Bir yil o'tib esa Amirliklarning “Al-Ayn” jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:3 hisobida taslim qilingan. “Al-Ittixod” 2009 yilgi mavsumda ham chempionlar ligasi finaliga qadar etib keldi, ammo Key liga vakili “Pohang Stilerz”dan 1:2 hisobida engildi.

2004 – chempion
2005 – chempion
2006 – ¼ final
2008 – guruh bosqichi
2009 – vice-chempion
2010 – guruh bosqichi
2011 – yarim final
2012 – yarim final
2014 – ¼ final

“Al-Ittixod” chempionlar ligasida hozirga qadar 78 ta uchrashuv o'tkazgan va shularning 43 tasida g'olib chiqib, 16 tasida durang qayd etgan. To'plar nisbati 150:81. “Qirol Abdulloh” stadionida jiddaliklar bor yo'g'i 4 marta mag'lub bo'lishgan.

“Al-Ittixod” milliy chempionatdagi so'nggi o'yinda peshqadam “Al-Hilol”ni safarda mag'lub etib, Toshkent klubiga qarshi uchrashuv oldidan yaxshi kayfiyatga ega.

“Lokomotiv” (Toshkent).


“Lokomotiv” Saudiya Arabistonida faqatgina 1 ta o'yin o'tkazgan. O'tgan yilning 25 fevral kuni “temiryo'lchilar” guruh bosqichining ochilish uchrashuvini Ar-Riyodda o'tkazib, “Al-Hilol”dan 1:3 hisobida engilishgandi.

Ketma-ket ikki mavsumdan buyon “Lokomotiv”ning chempionlar ligasi guruh bosqichidagi pochin gollarini bitta futbolchi – Sardor Mirzaev urib kelmoqda. Yarim himoyachi “Al-Hilol” bilan o'yinda hisobni qisqartirgan bo'lsa, “Al-Ittixod”ga qarshi bellashuvda uni tenglashtirishga erishgan.

“Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasining safar o'yinlarida biror marta zafar quchmagan. Bir yil muqaddam guruh bosqichining barcha safar o'yinlarida imkoniyatni boy bergan: “Al-Hilol” (Saudiya) 1:3, “As-Sadd” (Qatar) 2:6, “Fulad” (Eron) 0:1. Bunga 2013 yilgi pley-off doirasida Amirliklarning “An-Nasr” klubidan uchralgan 2:3 hisobidagi mag'lubiyatni ham qo'shish mumkin. “Temiryo'lchilar” bugun mana shu qora ananaga ham chek qo'yishlari mumkin.

“Lokomotiv” 2013 va 2014 yilgi mavsumlar pley-off bosqichida ishtirok etgan bo'lsa, keyingi ikki mavsumda guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu klub natijalarida o'sish bor ekanligini ko'rsatmoqda. Hozirga qadar “temiryo'lchilar” chempionlar ligasida 9 ta o'yin o'tkazib, faqatgina 1 marta g'olib chiqishgan. 6 ta o'yinda esa imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati 14:20.

“Lokomotiv”ga bugungi o'yinda Jasur Hasanov yordam bera olmaydi. CHetlatishlar borasidagi yo'qotishlar har ikki jamoada bir hil.

Server Jeparov 2011 yilgi mavsumdan keyin Osiyo chempionlar ligasiga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Yarim himoyachi so'nggi bor Janubiy Koreyaning “Seul” klubi safida bu musobaqada ishtirok etgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика