So’nggi yangiliklar

09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  0 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21

"Paxtakor"ga qoyilmaqom gol urgan "Al Hilol"ning italiyalik yulduzi AGMKga qarshi o'ynamaydi Yangiliklar

"Paxtakor"ga qoyilmaqom gol urgan "Al Hilol"ning italiyalik yulduzi AGMKga qarshi o'ynamaydi

Olmaliqning AGMK klubi OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini 15 aprel kuni Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Etiborli jihati, "Al Hilol" musobaqaning o'tgan mavsumida "Paxtakor" bilan 1 guruhdan o'rin olgan edi. O'shanda jamoalar o'rtasidagi 1-o'yinda hisob ochilmagan, 2-bahs saudiyaliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

"Al Hilol" 3 ochkolik bo'lgan bahsda saudiyaliklarning italiyalik yulduzi Sebastyan Jovinko "sherlar" darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qilgani yodingizda bo'lsa kerak (jarima zarbasidan).


OCHL 3-turida kiritilgan ikkita shedevrni suratlar ketma-ketligida tomosha qiling

 34 yoshli Jovinko OCHLning joriy mavsum guruh bosqichida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Boisi shundaki, u "Al Hilol"ning OCHL uchun qaydnomasidan o'rin olmagan. Saudiyaliklar legionerlar limitini quyidagi futbolchilar bilan to'ldirishdi: Bafetimbi Gomis (Franciya), Andre Karilo (Peru), Jan Xyon-Su (Janubiy Koreya) va Lusiano Vetto (Argentina).

Jovinko Razvan Luchesku murabbiyligi davrida jamoaning asosiy figurasi edi.  Biroq, ruminiyalik mutaxassis 15 fevral kuni jamoani tark etgach, uning o'rnini braziliyalik Rojerio Mikale egalladi. Yangi murabbiy Jovinkoga deyarli ishonch bildirmayapti. Italiyalik futbolchi so'nggi bor 11 mart kuni maydonga tushirilgan edi. Arab matbuotining xabariga ko'ra, Sebastyanni OCHL uchun ro'yxatdan o'tkazmagan Mikale jamoa rahbariyatidan Jovinko bilan amaldagi shartnomani uzaytirmaslikni so'ragan. Italiyalik futbolchi katta ehtimol bilan dekabr oyida klubni tark etadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика