So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Al Hilol" safida bugun legionerlar maydonga tushmaydimi? Yangiliklar

"Al Hilol" safida bugun legionerlar maydonga tushmaydimi?

Toshkent, 21 aprel - Bugun "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan bahsda maydonga tushadi.
"Temiryo'lchilar" Saudiya Arabistonining eng kuchli jamoalaridan biri "Al Hilol"ga qarshi to'p tepishadi. O'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori. CHiptalar sotuvi ham joyida.

Kecha ikkala jamoa o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Jamoalar bir soatdan shug'ullanishdi. Bugun katta ehtimol bilan "Al Hilol"ning ikki legioneri Tyago Neves bilan Digao maydonga tusha olmaydi. CHunki har ikkala o'yinchi ham kechagi mashg'ulotda alohida shug'ullandi. Qolaversa, Tyago Nevesda qandaydir og'riq bordek ko'rindi.

"Al Hilol"ning greciyalik hujumchisi Georgios Samaras jarohati tufayli Toshkentga kelmagan. 8ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan Nosir Al SHamroni masalasi esa hamon ochiqligicha qolmoqda. "Lokomotiv" tarkibida esa birgina yo'qotish bor. Sariq kartochkalari soni ikkitaga etgani uchun Islom To'xtaxo'jaev bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Qolgan barcha sog'-salomat va o'yinga tayyor.

"Al Hilol"ni shu paytgacha Toshkentda hech kim mag'lubiyatga uchrata olmagan. Jamoa o'tgan yil "Bunyodkor" bilan o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozongan. SHuningdek, 2007 va 2009 yillarda "Paxtakor" bilan ikki marta bahs olib borib, birinchi uchrashuvda 2:0 hisobida zafar quchgan, keyingi safar 1:1 hisobida durang qayd etgan.

"Al Hilol" O'zbekistonga ilk bor 2006 yil tashrif buyurgan. Qarshida "Mashal" bilan o'tkazilgan bahsda ular 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan. Umid qilamizki, "Lokomotiv" Toshkentda "Al Hilol"ni mag'lub etgan birinchi jamoa sifatida tarixga kiradi. Buning uchun jamoamizda imkoniyat ham, kuch ham etarli.

O'yinga kelishni xohlovchi jurnalistlar uchun yana bir bor eslatib o'tiramiz. Agar Siz elektron pochtamizga "Media ticket" uchun xat yubormagan bo'lsangiz, darhol yuboring. SHunda o'yin paytida bemalol media tribunada o'tirib ishlash imkoniga ega bo'lasiz. Elektron pochta: lokomotiv.media@mail.ru
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика