So’nggi yangiliklar

09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  2 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  3 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  9 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  2 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  5 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  13

"AL HILOL" - OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI G'OLIBI! Yangiliklar

"AL HILOL" - OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI G'OLIBI!

Osiyo chempionlar ligasining 2021 yilgi finali yakunlandi.

"Al Hilol" - "Pohang Stilers" 2:0

Gol:
1:0 - 1, Naser Al-Dosari, 2:0 - 63, Marega.

"Al Hilol": Abdulla Al-Mayuf, Mutab Al Mufarraj, CHjan Xen Su, Moxammed Al-Breyk, Naser Al-Dosari, Moxamed Kanno, Salman Al-Faraj, Salem Al-Dosari, Mateus Pereyra, Mussa Marega, Bafetimbi Gomis.
Zaxira: Abdulla Al-Jadani, Xabib Al-Vatyan, Xamad Al-Yami, Madalla Al-Olayyan, Yasser Al-SHaxrani, Moxammed Jaxfali, Moxammed Xamad Al-Qaxtoni, Abdulla Al-Xamdan, Salex Al-SHexri, Musab Faxz Aljuvayr.

"Pohang Stilers": Li CHjun, Kan San U, Aleks Grant, Kvon Van Gyu, Sin Gvan Xun, Seung Vuk Park, Li Su Bin, Mario Kvesich, Sin CHjin Xo, Lim San Xep, Manuel Palasios
Zaxira: Sung-Hun CHo, CHjon Min Gvan, Kim Ryun Seong, Gvang-Jon Lee, Ko En CHjun, Kim CHjin Xen, O Bom Sok, Kim Xo Nam, Sung-Ju Kim, Ho-Jae Lee


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "AL HILOL" OSIYO CHEMPIONLAR LIGASI G'OLIBI!

90+1. SHahroniyning zarbasi o'xshamadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Yangi yil arafasida qorbobodan O'zbekiston stadionlari ham mana bu maydon kabi to'lib-toshishini tilab qolardim.

85. Gomis o'rniga SHahroniy maydonga tushirildi.

84. Endi Perreyra ogohlantirildi.

83. Moxamed Kanno raqib oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

82. "Al Hilol" futbolchisi hujumda qo'pollik ishlatdi.

76. Pereyradan qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Gomisning ajoyib uzatmasidan so'ng futbolchi to'ppa-to'g'ri darvozabon qo'llariga to'pni berib qo'ya qoldi.

74. Koreyalik futbolchining chap qanotdan amalga oshirilgan pasidan so'ng "Al Hilol" azosi CHjan Xen Su mamlakatdoshlariga yordam berib yuborishiga bir bahya qoldi. To'p biroz yuqorilab ketdi.

70. "Poxang" futbolchisi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. Olisdan oshirilgan uzatmadan so'ng Al-Mayuf to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi hamda to'pni o'tkazib yubordi. O'ziga omad qushi kelishini kutmagan CHjon Min Gvan esa bunday vaziyatda hayajonlanib qoldi. Bu borada esa abjir arab himoyachilari to'pni bor kuchi bilan tepi yubordi.

66. Morega yana o'ng qanotdan oldinga yugurdi, mehmonlar bu safar uni o'tkazib yuborgisi kelmadi hamda qo'pollik ishlatdi. CHjon Min Gvan buning uchun hakamning sariq sovg'asi bilan "siylandi".

64. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Marega!!! 2:0!!! Gomisning qulay uzatmasidan so'ng himoyachidan o'zib ketgan futbolchi darvozabonning olis burchagiga to'pni yo'lladi hamda oradagi farqni oshirdi

61. Mezbonlar yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi. Mareganing ijrosi raqib mudofaa devoriga tegib qaytdi.

58. ZARBA! Ko En CHjun raqibning sovg'asidan unumli foydalana olmadi. Uning paslatib yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

55. ZARBA! Pereyraning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

54. Mezbonlar juda qulay vaziyat yuzaga keldi. Penalti chizig'i yonidan jarima zarbasi belgilandi.

51. Pereyra burchakdan to'g'ri darvoza tomon zarba yo'lladi, posbon mushtlari bilan to'pni urib yubordi.

50. "Al Hilol" o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytardi, mezbonlar urchak zarbasi ishlab oldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Pohang"da ikki o'zgarish: Mario Kvesich o'rniga CHjon Min Gvan, Li Su Bin o'rniga Ko En CHjun maydonga tushirildi.

BIRINCHI BO'LIM STATISTIKASI

To'pni nazorat qilish: 52-48

Zarbalar: 4-3

Aniq zarbalar: 2-3

Qo'polliklar: 5-12

Burchak zarbalari: 2-1

Ogohlantirishlar: 1-2

Birinchi bo'lim yakunlandi. Saudiyaliklar hozircha oldinda bormoqda.

45+1. ZARBA! Jarima zarbasidan so'ng mehmonlar futbolchisi bosh bilan darvozaga zarba yo'lladi. Agarda to'p markazga emas, burchakka yo'naltirilganda, arablar posboni ehtimol, boshini changallayotgan bo'lardi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Birinchi bo'lim so'nggi jangovar o'tmoqda. Jamoalar birin-ketin bir-birlarini maydonga qulatmoqda.

43. OGOHLANTIRISH. Kvon Van Gyu Pereyrani yiqitgani uchun jazolandi.

41. "Poxang"ning ketmoni uchmayapti. Mehmonlar oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdi.

38. Maregaga nisbatan yana qo'pollik ishlatildi.

35. Mehmonlar burchak zarbasidan ko'ngildagidek foydalana olmadi.

"Al Hilol" g'alaba qozonayotganining asosiy sabablaridan biri mana bu suratda namoyon bo'lgan

29. "Poxang" himoyachisi o'ng qanotdan jamoa hujumchisini oldinga boshladi. Biroq to'pga hammadan ilgari Abdulla Al-Mayuf etib keldi.

26. OGOHLANTIRISH. Marega mehmonlar sardorini ulkan gavdasi bilan ayab o'tirmadi. Uyalsa bo'lardi shu gavda bilan qiltiriq futbolchiga qo'pollik ishlatgani.

24. Gomisning aylanib olib yo'llagan zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

20. Ogohlantirish. Grant Maregani o'tkazib yuborgisi kelmagani uchun jazolandi.

19. "Al Hilol" yana bir vaziyatni ko'kka sovurdi.

16. "Al Hilol" standart vaziyatga ega bo'ldi. Pereyraning uzatmasi to'ppa-to'g'ri Li CHjunning qo'llariga borib tushdi.

12. XAVFLI VAZIYAT! Sin CHjin Xoning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni esa koreyalik futbolchi darvozaga joylay olmadi.

10. To'pni nazorat qilish bo'yicha ko'rsatkich: 75-25. Mana SHarqiy Osiyo futbolining rivoji. Yotib oladigan arab futboli asta-sekin o'tmishda qolmoqda.

9. Marega qanotdan oldinga borayotgandi, biroq maydon tugab qoldi.

8. "Poxang" burchak zarbasi ishlab oldi, himoyachilar uni bartaraf etishdi. 

6. Maydon markazida Maregaga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Standart vaziyatdan esa mezbonlar foydalana olmadi.

4. Mezbonlar gol urganiga qaramay, raqib maydonida kuchli pressing uyushtirmoqda.

1. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! 20-soniyada, birinchi zarbadayoq Naser Al-Dosari hisobni ochdi! Futbolchi  uzoq masofadan darvozaning to'qqizligini nishonga oldi.

1. Uchrashuvni saudiyalik futbolchilar boshlab berishdi.

Atmosfera ajoyib

"Poxang Stilers" ham o'z guruhini peshqadam sifatida yakunlay olmadi. Jamoa "Nagoya Grampus", "Joxor" va "Ratchaburi" klublari bilan guruh bosqichida to'qnash keldi. 1/8 finalda "Sereso Osaka", 1/4 finalda "Nagoya Grampus", 1/2 finalda esa "Ulsan Xyonde" taslim bo'ldi.


"Al Hilol" bizga judayam yaxshi tanish bo'lgan klub hisoblanadi. Arab mamlakati jamoasi guruh bosqichida O'zbekistonning AGMK, shuningdek, Aziz G'aniev to'p suradigan "SHabab Al-Axli" va kutilmaganda guruhni peshqadam sifatida yakunlagan Tojikistonning "Istiqlol" klublari bilan ro'baro keldi hamda 2-o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. Nimchorak finalda Eronning "Istiqol", chorak finalda "Persepolis" hamda yarim finalda Jaloliddin Masharipov to'p suradigan Al Nasr" klublarini musobaqadan chiqarib yuborib, hal qiluvchi bahsga etib keldi.


"Al Hilol" so'nggi 12 uchrashuvda mag'lub bo'lmagan

"Al Hilol" so'nggi 9 o'yinda gol urgan

"Pohang Stilers" so'nggi" 5 o'yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

"Pohang Stilers" so'nggi 5 o'yinda 5 ta gol o'tkazib yubordi.


Asosiy tarkiblar malum

"Al Hilol": Abdulla Al-Mayuf, Mutab Al Mufarraj, CHjan Xen Su, Moxammed Al-Breyk, Naser Al-Dosari, Moxamed Kanno, Salman Al-Faraj, Salem Al-Dosari, Mateus Pereyra, Mussa Marega, Bafetimbi Gomis.
Zaxira: Abdulla Al-Jadani, Xabib Al-Vatyan, Xamad Al-Yami, Madalla Al-Olayyan, Yasser Al-SHaxrani, Moxammed Jaxfali, Moxammed Xamad Al-Qaxtoni, Abdulla Al-Xamdan, Salex Al-SHexri, Musab Faxz Aljuvayr.

"Pohang Stilers": Li CHjun, Kan San U, Aleks Grant, Kvon Van Gyu, Sin Gvan Xun, Seung Vuk Park, Li Su Bin, Mario Kvesich, Sin CHjin Xo, Lim San Xep, Manuel Palasios
Zaxira: Sung-Hun CHo, CHjon Min Gvan, Kim Ryun Seong, Gvang-Jon Lee, Ko En CHjun, Kim CHjin Xen, O Bom Sok, Kim Xo Nam, Sung-Ju Kim, Ho-Jae Lee

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin 90 daqiqa davomida Osiyo futbolidagi muhim bahslaridan birini kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика