So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

"Navbahor"ni yuta olmagan "Al Hilol" jahon rekordini yangilash uchun "Ayaks", "Bavariya", "Real", "Manchester Siti"lardan o'tib ketdi Yangiliklar

"Navbahor"ni yuta olmagan "Al Hilol" jahon rekordini yangilash uchun "Ayaks", "Bavariya", "Real", "Manchester Siti"lardan o'tib ketdi

Xabaringiz bor, kecha OCHL 1/8 final javob bahsi doirasida "Al Hilol" klubi "Al Ittihod"ni safarda 2:0 hisobida mag'lub etdi.

SHu tariqa, Osiyo grandi barcha musobaqalarda ketma-ket g'alabali seriya bo'yich jahon rekordini yangilagani haqida xabar bergan edik.

“Al Hilol” jahon rekordini yangiladi

Xo'sh, riyodliklar bu yo'lda qaysi jamoalarning rekordlarini "urib" chiqishdi? Bu ro'yxatda Top klublar etarlicha.

Barcha musobaqalarda ketma-ket g'alabali seriya qayd etgan jamoalar:

1. "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), 2024 yil - 28ta g'alaba;

2. "Nyu Seints" (Uels), 2016 yil - 27ta g'alaba;

3. "Ayaks" (Niderlandiya), 1995 yil - 25ta g'alaba;

4. "SHaxtyor" (Ukraina), 2012 yil - 25ta g'alaba;

5. "Koritiba" (Braziliya), 2011 yil - 24ta g'alaba;

6. "Crvena Zvezda" (Serbiya), 2000 yil - 23ta g'alaba;

7. "Bavariya" (Germaniya), 2020 yil - 23ta g'alaba;

8. "Real Madrid" (Ispaniya), 2014 yil - 22ta g'alaba;

9. "Manchester Siti" (Angliya), 2021 yil - 21ta g'alaba;

10. "Fenerbahche" (Turkiya), 2023 yil - 21ta g'alaba.


"Al Hilol" jamoasi 2023 yilning sentyabr oyidan beri shu kungacha qaysi musobaqa doirasida rasmiy o'yin o'tkazsa hammasini o'z foydasiga hal qilib kelmoqda. Jorje Jezus shogirdlari mag'lub eta olmagan oxirgi ikki jamoadan biri o'zimizning "Navbahor" hisoblanadi. 2023 yilning 18 sentyabr kuni "Hilol" OCHL doirasida o'z maydonida Babayan boshchiligidagi "Navbahor" bilan qiyinchilik bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan edi. Keyin oradan 3 kun o'tib Saudiya chempionati doirasida "Damak" bilan ham 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanlagan "Al Hilol" o'shandan beri yo'lidan chiqqanini er tishlatib kelmoqda.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика