

Saudiya Arabistonining "Al Hilol"klubi Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymarning Urugvayga qarshi o'yinda jarohati olgani uchun Xalqaro futbol federatsiyasidan tovon puli undirib olmoqchi.
Matbuot xabarlariga ko'ra, "Al Hilol" Neymarning jarohati tufayli FIFAdan 7,5 million evro talab qilishi mumkin, chunki federatsiya futbolchining terma jamoa ixtiyorida FIFA musobaqalarida qatnashayotganda jarohat olib, 28 kundan ortiq maydonga tusha olmaganida, klublarga tovon to'laydi.
Avvalroq Messi jiddiy jarohat olgan Neymarni qo'llab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.



