"Al Hilol" bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi
21 fev 2018 09:29
Yangiliklar
"Al Hilol" bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi
Kecha Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasida 2-tur bahslariga yakun yasaldi.
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi kecha "Istiqlol" mehmoni bo'lib, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Natijada "Al Hilol" klubi rahbari o'yin tugagan zahoti bosh murabbiy Ramon Diasni ishdan bo'shatdi.
Bu xabarni "Al Hilol"ning Tvitterdagi rasmiy akkaunti ham tasdiqladi. O'tgan yilgi OCHL finalchisi bu yil musobaqani yaxshi boshlay olmadi. "Al Hilol" dastlabki ikki turdan so'ng guruh jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi. Qolaversa, saudiyaliklar ikkala o'yinda ham gol ura olishmadi.
Endilikda jamoani bungacha "Al Hilol" U-21 jamoasida ishlab kelgan Xuan Ignasio Braun boshqarib turadi. Uning OCHLdagi birinchi o'yini 6 mart kuni Qatarning "Al Rayan" klubiga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar