So’nggi yangiliklar

01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  0 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12

"Al Hilol" bosh murabbiyi: "Guruhdan "Paxtakor" ham chiqsa kerak" Yangiliklar

"Al Hilol" bosh murabbiyi: "Guruhdan "Paxtakor" ham chiqsa kerak"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "SHahr Xodro" - "Al Hilol" (0:0) uchrashuvidan keyin Saudiya Arabistoni klubi bosh murabbiyi Rezvan Luchesku o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun "SHahr Xodro" bilan durang o'ynadik va keyingi bosqichga chiqdik. Ko'plab futbolchilarimiz bugun bizga yorda bera olishmadi. Tajribasi yo'q futbolchilar bilan o'ynashga majbur bo'ldik. Ikkinchi muammo zaxiramizda o'yinchi yo'qligida edi. Ammo biz kurashdik, bundan xursandman. Bunday jamoada ishlayotganimdan baxtliman, ertaga nima bo'lishini bilmayman, ammo bugun keyingi bosqichga chiqqanimizdan mamnunman", - deydi Rezvan Luchesku.

- O'yindan oldin futbolchilarga nima dedingiz?

- Bizga bir ochko kerak edi. Juda ehtiyotkor bo'lish va o'z imkoniyatimizdan foydalanish kerak edi. Oxirigacha kurashish va sovrinni o'zimizda saqlab qolishimiz lozim.

- Jamoadagi ichki muhit qanday? Yana kasallar paydo bo'ladi deb o'ylaysizmi?

- Bu bizga bog'liq bo'lmagan holat. Ammo yuzaga kelgan vaziyatga qaramay o'ynashga intildik. Bu o'ziga xos chorlov.

- Guruhdagi so'nggi tur o'yini sizlar uchun rasmiyatchilikka aylanadi. Natija muhim emasmi?

- Biz nima bo'lgan taqdirda ham bo'lajak o'yinda kurashamiz.

- Keyingi bosqichga chiqqaningiz bilan tabriklayman. Guruhda qaysi jamoa ikkinchi yo'llanmaga ega chiqishini xohlardingiz: "SHabab Al Ahli" yoki "Paxtakor"?

- Bu savolga javob berish men tomonimdan biroz noto'g'ri bo'lishi mumkin. Ammo "Paxtakor" juda ham tartibli o'ynaydigan, himoyadan hujumga o'tishdagi harakatlari bu jamoani G'arb mintaqasidagi eng kuchli klublardan biri ekanini ko'rsatadi. Barchasi bugungi o'zaro bahsda hal bo'ladi. "Paxtakor" biz bilan ikkita o'yinda juda ko'p kuch yo'qotdi. Biroq o'zbek klubining zaxirasida ham yaxshi futbolchilar bor, shu bois menimcha keyingi bosqichga aynan "Paxtakor" chiqsa kerak.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика