"Al Hilol" bosh murabbiyi AGMKga qarshi durangdan keyin nimalar dedi?
16 apr 2021 14:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631615_original.jpg)
![](/upload/storage/631615_220.jpg)
"Al Hilol" bosh murabbiyi AGMKga qarshi durangdan keyin nimalar dedi?
O'yindan keyin "Al Hilol" bosh murabbiyi Rojerio Mikale quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Bu o'yinda futbolchilarimiz ko'p kuch yo'qotishdi, chunki musobaqani g'alaba bilan boshlashni maqsad qilgandik. Meni xursand qilgani birinchi bo'lib to'p o'tkazib yuborgach, tezda o'zimizga kela oldik.
- Lekin ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z qo'limizga ola bilmadik va buning natijasida durang qayd etdik. Jarohat olgan futbolchilarimizning o'rnini to'ldirish oson bo'lmadi, yo'qsa g'alaba qozonishimiz mumkin edi.
- Osiyo chempionlar ligasida eng kuchli jamoalar o'ynaydi. SHu bois men raqib yaxshi o'yin ko'rsatganidan hayratda emasman. Bu musobaqada oson o'yinning o'zi yo'q. Navbatdagi uchrashuvni Dubay klubiga qarshi o'tkazamiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar