So’nggi yangiliklar

22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  0 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  26 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  20 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  10 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  243 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  19 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9

"Al Hilol" bilan o'yinga chipta yutib olishni xohlaysizmi? Yangiliklar

"Al Hilol" bilan o'yinga chipta yutib olishni xohlaysizmi?

Toshkent, 11 aprel - "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi navbatdagi tur uchrashuvini yana o'z maydonida o'tkazadi.
21 aprel kuni Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol" Toshkentda mehmon bo'ladi. Aminmizki, hozirdanoq "Lokomotiv" - "Al Hilol" bahsiga qiziqish yuqori. Ayniqsa, "temiryo'lchilar" o'z maydonida "Al Sadd"ni 5:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng jamoamizda keyingi bosqichga chiqish uchun yana imkoniyat yuzaga keldi.

SHu o'rinda jamoamizga befarq bo'lmagan muxlislar uchun kichik bir konkurs tashkil qilmoqchimiz. Xabaringiz bor, 13 aprel kuni "Lokomotiv" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Mana shu o'yin sabab sizda "Al Hilol" bilan bo'ladigan uchrashuvga ikkita chipta yutib olish imkoniyati bor. Qanday qilib deysizmi? Marhamat, "Lokomotiv"ning "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushadigan asosiy tarkibi (11talik)ni to'g'ri toping va OCHL o'yiniga 2ta chipta yutib oling.

Xo'sh, sizningcha, Vadim Abramov "Bunyodkor"ga qarshi qanday tarkibni maydonga tushiradi? Bir tavakkal qilib o'z variantingizni elektron pochtamizga jo'nating, balki to'g'ri chiqib qolar. SHunda siz "Al Hilol" bilan o'yinga ikkita chipta yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Eslatma: Variantlar 13 aprel, soat 12:00gacha qabul qilinadi.
Elektron pochtamiz: lokomotiv.fans@mail.ru
Izoh: Faqat ko'rsatilgan elektron pochtaga kelgan variantlargina inobatga olinadi
Qoida: Agar ikki va undan ortiq kishining varianti bir xil to'g'ri chiqib qolsa, elektron pochtaga kim birinchi bo'lib xat jo'natgan bo'lsa, o'sha chipta sohibiga aylanadi.
Imkoniyat: Har bir kishi yuboradigan variant bittadan ortiq bo'lmasligi kerak
SHunday ekan, bugundanoq o'z variantingizni yuborishni boshlayvering.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика