"Al Hilol" Bafetimbi Gomis bilan xayrlashdi
26 jan 2022 06:40
Yangiliklar


"Al Hilol" Bafetimbi Gomis bilan xayrlashdi
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi hujumchisi Bafetimbi Gomis jamoa bilan xayrlashdi.
Futbolchi jamoani tark etish oldidan ilq fikrlar bildirdi.
"Al Hilol" seni yaxshi ko'raman! Saudiya Arabistoni seni ham! Futbol meni bu erga qaytardi, bu erda boshdan kechirganlarim uchun ulkan minnatdorchilik bildiraman.
Menga shunday imkoniyat bergani uchun "Al Hilol"ga rahmat. Osiyoning eng yaxshi klubida o'ynaganim men uchun faxr bo'ldi. Sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lganim men uchun sharaf.
SHuningdek, qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, ularsiz bularning hech biri amalga oshmasdi. Siz menga behisob mehr-muhabbat ato etdingiz, bu esa menga orzularni amalga oshirishga turtki bo'ldi, sizlarni hech qachon unutmayman.
Men Saudiyaning sheriman va shunday bo'lib qolaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar