So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

“Al Hidd” qanday jamoa? Yangiliklar

“Al Hidd” qanday jamoa?

“Nasaf” bugun 2017 yildagi xalqaro o'yinlar ro'yxatini ochib beradi. Qarshiliklar Toshkentda Bahraynning avvalgi mavsumdagi chempioniga aylangan “Al Hidd” jamoasini qabul qilishadi.

Mazkur raundda zafar quchgan klub 7 fevral kuni Caudiya Arabistonida “Al Fateh” mehmoni bo'ladi. Guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun Ro'ziqul Berdiev shogirdlaridan bir hafta ichidagi ikki uchrashuvda g'alaba qozonish talab etiladi.

2015-16 yilgi mavsumda Bahrayn chempioniga aylangan “Al Hidd” asosiy sovrinlariga so'nggi yillarda ega chiqqan. 2015 yil jamoa 3, 2016 yil esa 2 sovrinni qo'lga kiritgan. CHempionlikdan tashqari ikki kubok ham qo'lga kiritildi. Keyin Bahrayn Superkubogida muvaffaqiyat qozonildi. SHu paytgacha o'rtamiyona klublardan biri bo'lib kelgan “Hidd” shu tariqa dastlabki yirik g'alabalariga erishdi. Biroq joriy mavsumda jamoaning ishlari yaxshi kechmayapti. CHempionatda birinchi davradan keyin 10 ishtirokchi orasida 7-pog'onadan joy olib turibdi. 9 bellashuvda jamoa atigi 10 ochkoga ega. Peshqadam “Muharraq”dan 9 ochkoga ortda qolib ketgan amaldagi chempion uchun bu oltin medallar sari kurash yakunlanganini bildiradi.


Federaciya Kubogida “Hidd” hozircha 7 uchrashuvda 19 ochko to'pladi va yarim finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega. “Qirol Kubogi”da esa chorak finalda jamoa “Manama”ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mavsumda klubning ishtirokiga hozircha o'rtachadan pastroq baho berish ham mumkin. Bir yil oldin chempionlikka erishgan jamoaning kuchi qolmagan deb aytish mumkin.

Raqibning ayni paytdagi kuchli tarafi sifatida rasmiy o'yinlar amaliyotiga egaligini keltirish mumkin. Bizda mavsum boshlanishiga amalda bir oycha muddat bor. Saralash bahslarida o'ynashi tufayli “Nasaf”da tayyorgarlik borasida malum muammolar yuzaga kelgani aniq. CHunki CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun jamoa fevral oyidayoq yaxshi holatda bo'lishi talab etiladi. Bu keyinchalik mavsum qizigan pallada tasir o'tkazishi ehtimoli yuzaga keladi.

“AL HIDD” SPORT VA MADANIYAT KLUBI
Laqabi:
“cunami”
Tashkil etilgan vaqti: 1945 yil
Stadioni: “Muharraq”, 10 ming muxlisga mo'ljallangan
Rahbari: Ahmad Musallam
Bosh murabbiyi: Muhammad SHamlan Bashir
Erishgan yutuqlari: Bahrayn chempioni (2015–16), “Qirol Kubogi” sohibi (2015), Bahrayn FA Kubogi g'olibi (2015), Bahrayn Superkubogi sohibi (2015, 2016).


“Hidd”ning xalqaro musobaqalardagi tajribasini u qadar boy deb bo'lmaydi. Jamoa ikki bor OFK Kubogida ishtirok etgan. 2014 yil chorak finalgacha etib borgan bahraynliklar 2015 yil guruh bahslarida ishtirokni yakunlashgan. O'zbekiston va Bahrayn klublari o'rtasidagi qarama-qarshilikka to'xtaladigan bo'lsak, hozirga qadar 2009 yildagina to'qnashuv kuzatilgan. O'shanda “Neftchi” OFK Kubogi guruh bosqichida “Busaytin” bilan ikki uchrashuvda durang o'ynagan – 1:1 va 2:2. “Hidd” OCHLda biror bellashuvda maydonga tushmagan. “Nasaf” esa 13 o'yinning 2tasida zafar quchib, 3 durang va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Qarshiliklar raqib darvozasini 10 marta ishg'ol qilib, 24 bor darvozalaridan to'p olib chiqishgan. “Nasaf” ilgari pley-off bosqichida bir marta o'ynagan va o'shanda Qatarda imkoniyatni boy bergandi. Bu safar Ro'ziqul Berdiev jamoasi bellashuvni yurtimizda o'tkazadi. SHu sababli “Nasaf”ning g'alaba uchun imkoniyatini bemalol yuqori baholay olamiz.
Bahrayn klubi tarkibida 4 nafar legioner o'ynaydi. Ularning uch nafari nigeriyalik, yana biri esa Iordaniyadan. Akarandut Orok, Muhammad Dovud va Patrik Omosuyi uch mavsumdan beri “Hidd” sharafini himoya qilib kelishmoqda. Uche Agba esa klubda ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Ular yarim himoya va hujum chizig'ida to'p tepishadi. Asosiy to'purar Uche Agbaning gol urish borasidagi ko'rsatkichi unchalik yuqori emas. Bahrayn chempionatida 9 bellashuvda 3 to'p kiritgan.
Bahrayn terma jamoasiga nomzodlardan Rashid Xutini ajratib ko'rsatish mumkin. U chap qanotdan hujumga faollik bilan qo'shilishga intiladi. Isa Musabbeh va Abdulvahob Malud ham terma jamoadan chaqiruv olib turishadi.

Bosh murabbiy Muhammad SHamlan Bashir Pokiston terma jamoasini boshqargani va Bahraynda yordamchi bo'lib faoliyat yuritgani bilan xalqaro tajriba to'plagan. Klub boshqaruvi borasida endi-endi o'zini ko'rsatish imkoniga ega bo'ldi.

“Bunyodkor” stadionida 16:00da boshlanadigan uchrashuvda “Nasaf”ning imkoniyatlari yuqori ekani va jamoamizning g'alaba qozonishiga katta ishonchimiz bor. CHunki “Hidd”ga nisbatan “Nasaf”ning saviyasi ancha yuqori ekanini takidlay olamiz.


Darvozabonlar
1. Abbos Ahmad Hamis
21. Mahmud Mansur
22. Yusuf Osama

Himoyachilar
2. Abdulla Baba Fatadi
3. Abdulla Majid
5. Yusuf Buqais
12. Hamad Faysal
15. Ibrohim Obaidli
16. Said Muhammad Adnan
23. Rashid Al Xuti
26. Xolid Samhari
27. Ali Bureshaid
30. Ali Said

Yarim himoyachilar
4. Ahmad Al Hattal
7. Muhammad Dovud (Iordaniya)
8. Muhammad Abdulaziz Mulla
18. Isa Musabbeh
25. Talal Juma
24. Ahmad Buqammar
28. Fahad Muqahvi
29. Muhammad Maki

Hujumchilar
6. Uche Agba (Nigeriya)
9. Abdulla Saqir
10. Akarandut Orok (Nigeriya)
11. Abdulvahob Malud
14. Navaf Ahmad Holdi
18. Patrik Omosuyi (Nigeriya)
19. Ibrohim Malud
20. Ahmad Rashidhasan
 

Behzod Nazarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика