“Al Faysali” Qarshiga kelishdan oldin g'alaba qozondi
25 jan 2018 10:24
Yangiliklar
“Al Faysali” Qarshiga kelishdan oldin g'alaba qozondi
Bo'lib o'tgan uchrashuvda raqibimiz “Al Yarmuk” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda Amman shahri klubi 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi va turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilib olishdi. “Al Faysali” bu g'alabadan so'ng 3-o'rinni band etdi.
Uchrashuvdagi dastlabki golni 17-raqam ostida to'p tepadigan himoyachi Salim Alajalin 12-daqiqada urdi. Ikkinchi golni esa 37-daqiqada, 99-raqam ostida to'p tepadigan polshalik hujumchi Lukash Gikevich urdi.
"Al Faysali" o'yinni quyidagi tarkib bilan boshladi.
Darvozabon: 12.Yazid Abu Layli.
Himoyachilar: 19.Anas Bani-Yosin, 20.Anas Aljabarot 17.Salim Alajalin, 25.Yosir Alravashdeh.
Yarim himoyachilar: 13.Xalil Bani-Adiyah, 10.Mahdi Alamix, 37.Mahmud Almardi, 7.Yusuf Alravashdi, 77.Alben Meha.
Hujumchilar: 99.Lukash Gikevich.
Klub rasmiy saytida “Al Faysali” 26 yanvar payshanba kuni O'zbekistonga jo'nab ketishi aytilgan.
"Al Faysali" Qarshiga keladigan kun malum bo'ldi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar