"Al Duhayl" ishtirokidagi bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
05 fev 2020 10:33
Yangiliklar


"Al Duhayl" ishtirokidagi bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
Kelasi hafta Osiyo chempionlar ligasining guruh o'yinlariga start beriladi.
11 fevral kuni Qatarning "Al Duhayl" klubi o'z maydonida Eron chempioni "Persepolis" bilan kuch sinashadi. Mazkur bahsni boshqarish o'zbekistonlik hakamlarga ishonib topshirildi.
Bosh hakam sifatida Aziz Asimov ishlasa, unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov bilan Husniddin SHodmonov yordam berishadi. Ilgiz Tantashev esa zaxira hakami vazifasini bajaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar