"Al Bateh" safarda "Al Ain"ga mag'lub bo'ldi. Aziz G'aniev 85 daqiqa o'ynadi
09 fev 07:40
Yangiliklar


"Al Bateh" safarda "Al Ain"ga mag'lub bo'ldi. Aziz G'aniev 85 daqiqa o'ynadi
Kecha bir necha nafar legionerlarimiz o'z chempionatlarida navbatdagi uchrashuvlarda maydonga tushdi.
BAA Pro ligasining 15-turida "Al Bateh" mehmonda "Al Ain" bilan kuch sinashdi. Darvozalarga 3 ta gol urilgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Hamyurtimiz Aziz G'aniev mazkur bahsda 85 daqiqa harakat qildi va o'z o'rnini Harun Hassanga bo'shatib berdi. "Al Bateh" bu o'yindan so'ng turnir jadvalida 12-o'rinda qoldi. Jamoa navbatdagi o'yinini 14 fevral kuni "Dibba Al Hisn"ga qarshi o'tkazadi.
"Al Ain" - "Al Bateh" 2:1
Gollar: Alexandro Romero 15, Kuame Antonne 68 - Ahmad Harkash 18
O’xshash yangiliklar

Fikrlar