“Al-Ayn” - “Nasaf” uchrashuvoldi rasmiy tadbirlari haqida
01 may 2016 22:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206673_original.jpg)
![](/upload/storage/206673_220.jpg)
“Al-Ayn” - “Nasaf” uchrashuvoldi rasmiy tadbirlari haqida
Klubimiz delegaciyasini “Al-Ayn” klubi rasmiylari kutib olishdi. SHundan so'ng jamoamiz o'zlariga ajratilgan “Hili Rayhaan by Rotana Hotel” mehmonxonasiga joylashishdi. Biroz hordiq chiqarishgach, jamoamiz stadion tomon yo'l olishdi va Al-Ayndagi dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
Ertaga, 2 may dushanba kuni “Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar o'tkaziladi. Dastlab, soat 13:00da har ikkala jamoalar vakillari o'rtasidagi rasmiy uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
SHundan so'ng o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi. Matbuot anjumani Al-Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed Stadium"da bo'lib o'tadi.
Bizning vaqt bilan 14:00da boshlanadigan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Al-Ayn” bosh murabbiyi Zlatko Dalich va jamoaning bir nafar o'yinchisi ishtirok etadi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismi soat 14:30da boshlanadi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda bir nafar o'yinchimiz ishtirok etishadi.
Har ikkala klub menedjerlari ishtirokidagi miting soat 18:00da boshlanadi.
Jamoamizning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti "Hazza bin Zayed Stadium"da soat 21:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar