“Al-Ayn” klubi “Markaziy”da o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
19 apr 2016 07:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205289_original.jpg)
![](/upload/storage/205289_220.jpg)
“Al-Ayn” klubi “Markaziy”da o'yinoldi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
Mashg'ulotda Qarshi shahriga tashrif buyurgan barcha futbolchilar qatnashdilar. Jamoa murabbiyi quyidagi futbolchilarni alohida ajratib, mashg'ulot olib bordi. Taxminimizcha, bugun ushbu o'yinchilar dastlabki tarkibda maydonga tushishlari mumkin.
Himoyachilardan: 4.Said Musabbih, 23.Muhammad Axmad G'arib, 44.Salim Juma, 77.Muhammad Favzi.
Yarim himoyachilardan: 8.Rashid Iyso, 10.Umar Abdulrahmon, 13.Axmad Barman, 20.Hilol Said.
Hujumchilar: 9.Dyanfris Duglas, 11.Said Alxotiri.
Darvozani katta ehtimol bilan 17-raqamdagi Xolid Iyso qo'riqlaydi.
Albatta bu taxmin, ammo ertaga kimlar dastlabki maydonga tushishini, jamoa murabbiyi hal qiladi. SHuningdek mashg'ulot payti Qarshiga tashrif buyurgan klubning barcha rasmiylari ham hozir bo'lishdi. Yana bir marta eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al-Ayn” jamoalari o'rtasidagi 5-tur uchrashuvi 19 aprel seshanba kuni soat 19:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar