Akrom Komilov: “Sardor Rashidovni har tomonlama yaxshi bilaman”

Narzulla Saydullayev
7 fev 2017, 16:54
Toshkentning “Bunyodkor” klubi bugun OCHLning “pley-off” o'tish bosqichida Qatarning “Al Jaish”klubiga qarshi bahs olib boradi.

Bugungi o'yin oldidan “qaldirg'ochlar” himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirdi.

“Ushbu uchrashuvda g'alaba qozonish uchun har taraflama tayyorgarlik ko'rdik. Tashkil etilgan yig'inlarni yaxshi o'tkazdik va raqibimizni har tomonlama o'rganib chiqdik. Jamoamizda hech qanday yo'qotishlar yo'q. Bugungi bahsga hamma 100 foiz tayyor. “Al Jaish” klubi juda ham kuchli, lekin biz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi. Sobiq jamoadoshim Sardor Rashidovga qarshi o'ynashimdan xursandman. Bugungi uchrashuv ikkimiz uchun ham qiziqarli bo'ladi. Rashidovni kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilaman. Bugungi o'yin qanday kechishini oldindan bilib bo'lmaydi. Ochig'ini aytsam bahs oson bo'lmasligi aniq. Shunga qaramay g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz”, - deydi “Bunyodkor” himoyachisi Akrom Komilov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia