So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Akrom Komilov: “Sardor Rashidovga qarshi to'p tepish yoqimli” Yangiliklar

Akrom Komilov: “Sardor Rashidovga qarshi to'p tepish yoqimli”

Toshkentning “Bunyodkor” klubi bugundan qishki yig'inni boshladi. “Qaldirg'ochlar” futbolchisi Akrom Komilov o'tgan mavsum va qishki yig'in to'g'risida fikr bildirdi.
“Bu yilgi chempionatimiz “Bunyodkor” uchun yaxshi o'tdi desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki biz chempion bo'lish uchun ohirigacha kurash olib bordik. Birinchi o'rinni qo'lga kiritmagan bo'lsakda yomon natija qayd etmadik, deb o'ylayman. Biz uchun ikkinchi o'rin ham yaxshi natija. Lekin “Bunyodkor” har doim o'z oldiga chempionlikni qo'yadigan jamoa.

Keyingi yil “Bunyodkor” boshqacha bo'ladi. Mana OCHLning “pley-off” bosqichiga ham qura tashlandi. “Bunyodkor” hech qachon raqib tanlamaydi va har qanday jamoaga qarshi ohirigacha kurash olib boradi. biz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa OCHL “pley-off” bosqichida o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritamiz.



To'g'ri, “pley-off” bosqichida Qatarning “Al-Jaish” jamoasiga qarshi to'qnash kelamiz. Ushbu klubda sobiq jamoadoshim Sardor Rashidov to'p tepadi. Rashidovga qarshi maydonda to'p tepish yoqimli. Tayyorgarlikni bugun boshlagan bo'lsak hozircha jamoamizdan hech kim ketgani ham yo'q yangi kelgan futbolchilar ham yo'q. Nasimov hozircha biz bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Jamoada qoladimi yoki yo'q bilmayman. Bahodir Nasimov bizga kerakli futbolchi.

Bu yilgi chempionatimizda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Yil futbolchisi menimcha Eldor SHomurodov bo'lsa kerak. Murabbiy Sergey Lushan, deb o'ylayman, - deydi Akrom Komilov.

Jahongir Sotvoldiev.
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика