Akrom Komilov: “Qo'qonda to'p tepish har qanday jamoa uchun og'ir”
10 may 2016 07:35
Yangiliklar
Akrom Komilov: “Qo'qonda to'p tepish har qanday jamoa uchun og'ir”
“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” himoyachisi Akrom Komilovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Avvalo g'alaba qozonganimizdan xursandman. Qo'qonda o'ynash har bir jamoa uchun qiyinchilik tug'diradi. CHunki bu erdagi muxlislar o'z jamoalarini munosib qo'llab-quvvatlashadi va futbolchilarga qo'shimcha kuch berishadi. Birinchi bo'limda raqib zich himoyalandi. Ikkinchi bo'limda kiritgan golimizdan so'ng ularning o'yini izdan chiqdi. Natijada bizda ko'plab qulay imkoniyatlar bo'ldi. Eng asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Muhimi shu. “Qo'qon-1912” jamoasining keyingi uchrashuvlarida omadlar tilayman, - deydi Akrom Komilov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar