So’nggi yangiliklar

21:15"Динамо" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  13 21:10"Реал" ёки ПСЖ эмас. Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати фаворитининг номи айтилди  0 20:45Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  8 20:43Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Осиё Кубоги саралаши. Лаос - Ўзбекистон (онлайн ҳисоб)  1 20:19Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  0 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  2 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  17 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  12 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  3 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  10 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  6

Akrom Komilov: “Qizil kartochka olib, jamoamni qiyin ahvolga solib qo'ydim” Yangiliklar

Akrom Komilov: “Qizil kartochka olib, jamoamni qiyin ahvolga solib qo'ydim”

O'zbekiston Kubogi finalida “Bunyodkor” himoyachisi Akrom Komilov kutilmaganda ikkinchi taymda ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi.

Yakunda esa uning jamoasi mag'lubiyatga uchradi. Biz esa o'yindan bir necha kun o'tgach, Komilovni suhbatga chorladik va ushbu xolat bo'yicha izoh so'radik.

- Akrom, mazkur O'zbekiston Kubogi finali siz va boshqa yana bir nechta jamoadoshlaringiz uchun birinchisi edi. Avvalo o'yinga bo'lgan tayyorgarlik qay darajada bo'lgani xususida so'zlab bersangiz?
- Final bitta o'yindan iborat ekanligi bois ham qanday bo'lmasin oldimizga Kubokni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi. SHu bois yutish uchun astoydil tayyorgarlik ko'rilgandi. Albatta chempionat uchashuvlargi bo'lgan xozirlik bilan farq qilgandi. To'g'risi, har qanday futbolchi bu kabi bahslarda g'olib chiqib, tarixga kirishga urinadi.

- O'yin to'g'risida nima deysiz? Ko'chpilik bahs oldidan “Nasaf”ning imkoniyatini yuqori baholagandi.
- Yashirmayman, “Nasaf” bizdan kuchli o'ynagandir. Lekin maydonda 10 kishi bo'lib qolishimizdan oldin hammasi risoladagidek kechayotgandi va tengma-teng kurashib borayotgandik deb o'ylayman. Afssuski qizil kartochka olib, maydonni tark etganimdan so'ng jamoamga qiyin bo'ldi. Bu kabi uchrashuvlarda bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyindir.

- Olgan sariq kartochkalaringizni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- Bo'lar ish bo'lib o'tdi. Endi ularni eslab, ortga qaytarib bo'lmaydi. Jamoamni qiyin ahvolga solib qo'ydim. Bunday bo'lishini kutmagandim. O'yinga kirishib ketganimdan, biroz qiziqqonlik qilib yubordim shekilli. Juda afsusdaman. Mag'lubiyatdan so'ng o'zimni aybdordek xis qildim. Lekin jamoadoshlarim ko'nglimni ko'tardi. Yoshi katta futbolchilar esa bu kabi xolatlar ham uchrab turishini bildirdi.

- Bu sizning birinchi qizil kartochkangiz emas. CHunki ilgari ham bu kabi xolatlar siz bilan uchragandi. To'g'rimi?
- Ha. Nima desam bo'ladi. Maydonga chiqqach, biroz qiziqishib ketaman va o'zim bilmagan xolda, sariq va qizil kartochka olishga majbur bo'laman.

- Finaldagi qizildan so'ng o'zingiz uchun kerakli xulosalarni chiqarib olgan bo'lsangiz kerak?
- Albatta. Tajribali futbolchilar menga dalda bo'ldi va shu kabi xolatlar uchrab turishini, asosiysi to'g'ri xulosa chiqarib olish ekanligini bildirib o'tdi. Hech bir futbolchi jaroxatdan kafolatlanmagani kabi, qizil kartochka olmaydi deb bo'lmaydi. Kelgusida imkon qadar kartochka olmaslikka xarakat qilaman.

- Endi chempionat doirasida jamoangizning keyingi bahsi “Paxtakor”ga qarshi o'tadi. Muhim o'yinda “Bunyodkor”ga yordam bera olmaysiz...
- Afsuski shunday. Finaldan so'ng murabbiylar shtabi futbolchilarni keyingi o'yinga ruhan tayyorlamoqda. Ishonamanki jamoadoshlarim “sherlar”ga qarshi bahsda kerakli natijani qo'lga kirita oladi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика