Akrom Komilov: "Paxtakor"13-kubogini qo'lga kiritmoqchi"
19 dek 2020 15:47
Yangiliklar


Akrom Komilov: "Paxtakor"13-kubogini qo'lga kiritmoqchi"
"Ertaga juda ham qiziqarli o'yin kechishini kutmoqdaman. AGMKni ham finalga qadar etib kelgani bilan tabriklayman. Bizga qiyin bo'lishi tabiiy, raqib ham bitta o'yinda bor kuchi bilan qarshilik ko'rsatishga urinadi. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. "Paxtakor"ning 13-kubogini boshimiz uzra baland ko'tarishni maqsad qilganmiz. Bu - futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin. Ular ham tayyorgarlikni yaxshi olib borgan deb o'ylayman. Maydonga chiqamiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Sovuqda o'ynash ko'nikmasi bor, lekin O'zbekistonda Xitoyda bo'lgani kabi sovuq emas. Menimcha bu to'sqinlik qilmaydi. Mavsum men uchun nisbatan og'irroq o'tdi. Sport formamni tiklashga qiynaldim. Keyingi yildan o'yinimni yanada kuchaytirishga etibor beraman",- deydi Akrom Komilov.
Jahongir Fayzullaev yozib oldi, "Championat asia" sayti uchun Namangandan maxsus
O’xshash yangiliklar

Fikrlar