So’nggi yangiliklar

22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0

Akrom Komilov: "Bizdan keyingi avlodda birlashish bo'lmagan" Yangiliklar

Akrom Komilov: "Bizdan keyingi avlodda birlashish bo'lmagan"

AGMK klubi futbolchi Akrom Komilov yoshlar terma jamoalari haqida fikr bildirdi.

U "Samisov bilan" loyihasiga bergan intervyusida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2015 yilgi Jahon chempionatidan keyin boshqa chiqa olmagani, bunga nima sabab bo'lgani to'g'risidagi savolga shaxsiy fikrini bildirib o'tdi. 

"Menimcha, bizdan keyingi avlod futbolchilar asosiy tarkibga endigina kirgan yoki bo'lmasam asosiy tarkibda endigina o'ynashni boshlagan futbolchilar hisoblanadi. Mening eshitishim bo'yicha ko'pchiliklari alohida jamoa bo'lib oladi. Masalan, 2-3 nafar futbolchi alohida yuradi, yana 3-4 nafar futbolchi alohida yuradi, futbolchilar kuchli, lekin jamoa sifatida yo'q. Ular birlashmagan. Bizda esa hamma futbolchi birlashgan. Bitta alohida ajrab turadigan o'yinchi bo'lmagan", — deydi Akrom Komilov. 

U misol tariqasida Dilshod Nuraliev qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan birga chempion bo'lganida jamoada hech kim alohida kuchli bo'lmaganligi, hamma bir xil bo'lganini takidladi. 

"Lekin jamoa birdam bo'lgan. "Sen u jamoada, men bu jamoada o'ynayman", degan gap bo'lmagan. Bizdan keyingi avlod esa birlashmagan. Bizda birlashish bo'lgani uchun ham uzoqqa borib, yaxshi natijalarga erishilgan. Ularda bir-birini to'ldirish yo'q", — deya qo'shimcha qiladi AGMK klubi futbolchisi Akrom Komilov.

Malumot uchun, O'zbekiston U-19 terma jamoasi 2018 yili Osiyo chempionati saralashdan o'ta olmagan. 2017 va 2019 yilgi U-20 Jahon chempionatida esa O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan.

To'liq intervyuni ko'rish uchun:

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика