So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. ОКМК ва "Насаф" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди, "аждарлар" пешқадамлар сафига қўшилишди  40 20:46Максим Шацких: "Қўлда валидол ушлаб томоша қиладиган ўйин бўлди"  3 20:27"Ал Иттиҳод" бош мураббийи "Бавария"да иш бошлаши мумкин  0 20:20Суперлига. "Пахтакор" — "Металлург" 4:3. Highlights  0 20:01Суперлига. 7 та гол урилган ўйинда "Пахтакор" "Металлург"дан устун келди  66 19:30"Байер" "Жирона" сардорига қизиқиш билдирмоқда  0 19:05"Гвардиола "Бавария"га қайтишни режалаштирмаяпти"  1 17:54Беллингем ва Зидан "Реал"га "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олишни маслаҳат беришмоқда  8 17:30"Арсенал"нинг икки футболчиси ҳам Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 16:56Дензел Думфрис "Манчестер Юнайтед"га ўтишни истамоқда  5 16:30Лондоннинг икки клуби Тоунини сотиб олмоқчи  0 16:06"Челси" 75 миллион фунтга Украина термаси футболчисини сотиб олиши мумкин  3 15:45Рубен Аморим "Спортинг"да қолади  1 15:26Тео Эрнандес "Бавария"га ўтиши мумкин  1 15:02Лопетеги "Вест Хэм" билан келишиб олди  1

Akobirxo'ja SHukurullaev: "Hakamlar o'yin natijasiga tasir qilishdan qo'rqishadi" Yangiliklar

Akobirxo'ja SHukurullaev: "Hakamlar o'yin natijasiga tasir qilishdan qo'rqishadi"

Coca-Cola Superligasida tanaffus davom etadi.

Barcha jamoa va futbolchilar singari hakamlar ham yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishdi. Biz ham "CHig'atoy" sport-komleksida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashib, FIFA referisi Akobirxo'ja SHukurullaevning fikrlari bilan qiziqdik.





— O'tgan mavsumni Superkubok o'yini bilan boshlagan edingiz. 2022 yil siz uchun qanday o'tdi? Mavsum oxirida o'z natijalaringizdan qoniqdingizmi?

— Ha, o'tgan mavsumning ochilish o'yini menga ishonib topshirilgandi. To'g'risi, Superkubok bahsiga tayinlanishimni kutmagan edim. CHunki mendan tajribali referilar talaygina. SHukr, Yaypandagi o'yinni etirozlarsiz, yaxshi o'tkazib oldik. Kuchli tomon g'alaba qozondi...

Mavsum davomida 18ta uchrashuvda ishladim. Futbol tezlashib ketgan, qaysidir vaziyatlarda sizni o'yinchilar yopib qo'yadi. SHu tufayli istalgan referi yanglishishi mumkin, menda ham shunday qarorlar bo'ldi. Lekin o'yin natijasiga tasir qiladigan, qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadim. SHundan xursandman. 

— Ochilish o'yinidan tashqari, "Navbahor" va "Paxtakor" klublari o'rtasidagi har ikkala to'qnashuv sizga ishonib topshirildi. Oxirgi yillarga etibor qaratsak, bu klublar o'rtasidagi istalgan o'yin janjal bilan yakunlanar, hakamlar tomon etirozlar yog'dirilar edi. SHunaqa principial raqiblar o'rtasidagi "janglar" referining o'sishiga xizmat qiladimi?

— Albatta. O'yin darajasi qanday bo'lsa, hakamning darajasi shunga mutanosib tarzda oshib boradi. Rahbariyat chempionat doirasidagi har ikkala o'yinni menga ishonib topshirdi. Avvalo, natijaga tasir qilib qo'ymaslikka harakat qildim. O'yinga tayyorlanish jarayonida har ikki jamoaning o'yin uslubi, ko'p qo'pollik ishlatadigan va simulyaciya qilishga moyilroq futbolchilarni alohida o'rganib chiqdim. CHunki maydonga chiqishdan oldin u erda sizni nimalar kutib turganini taxminan bilishingiz kerak. Aks holda, o'yin jarayonida qiynalib qolasiz. Yordamchi hakamlar, inspektorlar, o'sha uchrashuvda ishlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordami bilan yuzimiz yorug' bo'ldi. 

— Ko'plab referilar bunaqa o'yinlardan qochishga harakat qilishadi. Rostan ham uchrashuv darajasi hakamga qo'shimcha bosim yuklaydimi? Maydonda yugurayotgan paytingizda shu haqda ham o'ylaysizmi?

— Menimcha, o'yin startigacha istalgan hakam o'ylasa kerak. CHunki hamma natijaga tasir qilib qo'yishdan qo'rqadi. O'yin davomida tomoshabinlar ham bosimni orttirishi mumkin. Lekin men maydonga chiqqandan keyin hamma narsani unutib, bor etiborimni vaziyatlarga qaratishga harakat qilaman.

— Tepada uchrashuvga tayyorlanish jarayonida futbolchilarning xarakterini alohida o'rganishingiz haqida gapirdingiz. O'zbekiston chempionatida eng ko'p simulyaciya ishlatadigan o'yinchi kim?

— O'z tajribamdan kelib chiqsam, Sanjar Qodirqulov bilan Javohir Sidiqovni ko'rsatgan bo'lardim.

— Oxirgi savol: Akobirxo'ja SHukurullaevning kelayotgan mavsumdagi maqsadi, rejalari qanday?

— Men OFK akademiyasida tahsil olaman. 28 fevral kuni Malayziyaga jo'nab ketamiz. Hozir shunga har tomonlama (fitnes, o'yin qoidalari va ingliz tili) tayyorlanyapmiz. Xudo xohlasa, 2023 yilni o'tgan mavsumga qaraganda yaxshiroq o'tkazishga harakat qilaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика