Akobir To'raev Tojikiston chempionatida iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
02 iyu 2021 19:25
Yangiliklar


Akobir To'raev Tojikiston chempionatida iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Xo'jandning "Esxata" klubi hujumchisi, o'zbekistonlik legioner Akobir To'raev Tojikiston chempionatida 8 ta gol urib, eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi. Yakuniga etgan oyda 3 ta gol urgan forvard iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Dushanbening "Istiqlol" klubi ustozi Vitaliy Levchenko esa iyun oyining eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. Uning jamoasi yakunlangan oyda 2 ta g'alabaga erishib, 1 ta durang qayd etdi.
Iyun oyi sovrindorlari 12-tur uchrashuvlari oldidan Tojikiston futbol ligasining diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Ularning har biriga 3 ming somonidan beriladi.
Malumot uchun, Akobir To'raev 2012 yil Eronda o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatida Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi safida chempion bo'lgan edi.
25 yoshli hujumchi "Buxoro", "Paxtakor", "Rahmatgonj" (Bangladesh), "Mashal" jamoalarida to'p tepishga ulgurgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar