So’nggi yangiliklar

16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  0 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  10 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  6 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2

Akmal Xolmurodov - "Dinamo"ning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi! Yangiliklar

Akmal Xolmurodov - "Dinamo"ning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi!

2018 yilgi mavsumdan so'ng, o'tgan ikki hafta davomida Dinamo klubi rasmiy saytida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilib, jamoaning bu yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Klub rasmiy saytida «Sizningcha, «Dinamo» jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi kim?» so'rovnomasida eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi – Akmal Xolmurodov bo'ldi. Mavsumning ikkinchi qismiga tarkibga qo'shilgan himoyachi jamoaning himoya qo'rg'oni etakchisi sifatida to'p surib, muhim gollarga ham mualliflik qildi. «Dinamo» jamoasining turnir jadvalida eng kam gol o'tkazib yuborgan Pro-Liganing eng yaxshi himoya chizig'iga ega bo'lishida Xolmurodovning hissasi katta bo'ldi. So'rovnomada Akmal Xolmurodov 133 ta ovoz (38.7%) to'plab, «Dinamo»ning 2018 yilgi eng yaxshi futbolchisi» nomiga loyiq ko'rildi.

Ikkinchi o'rindan jamoa yarimhimoyachisi Jasur Azimov joy oldi. Samarqandlik futbolchiga 129 ta (37.5%) ovoz berildi. Azimov ham mavsum davomida «Dinamo»ning faol futbolchilaridan biri sifatida to'p surib, jamoaning g'alabalariga munosib hissa qo'shdi. Qayd etish kerak, Azimov 2017 yilda «Dinamo»ning eng yaxshi futbolchisi» deb topilgandi.

So'rovnomada uchinchi o'rindan 28 (8.1%) ovoz bilan Ilhom Yunusov o'rin olgan. Samarqandlik tajribali yarimhimoyachi mavsum davomida jamoadoshlariga namuna bo'la oldi va bir qator o'yinlarda muhim gollari bilan jamoaga naf keltirdi.

SHuningdek, muxlislar yil davomida yaxshi o'yinlari bilan yodda qolgan Damir Temirov 24 (7%), Otabek Narzullaev 18 (5.2%), SHohruh Eshbo'taevlarga 12 ta ovoz (3.5%) berishgan. So'rovnomada jami 344 ta ovoz berilgan.

Eslatib o'tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so'rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan «Dinamo»ning «mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko'rilgan:



«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominaciyasi g'oliblari:
2007 yil – Farhod Tojiev
2008 yil – Ilyos Qurbonov
2009 yil – Bahodir Nasimov
2010 yil – Ilhom Yunusov
2011 yil – [Devid Oniya]
2012 yil – Ivan Nagaev
2013 yil – Andrey Melnichuk
2014 yil – Andrey Melnichuk.
2015 yil – Kamoliddin Murzoev.
2016 yil – Amirjon Safarov.
2017 yil – Jasur Azimov.
2018 yil – Akmal Xolmurodov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика