Akmal Xolmatovning o'g'li Diyor Xolmatov debyut o'yinida gol urdi
29 okt 2020 13:12
Yangiliklar


Akmal Xolmatovning o'g'li Diyor Xolmatov debyut o'yinida gol urdi
"Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diyor Xolmatov asosiy jamoa uchun birinchi o'yinidayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi.
18 yosh 98 kunligida Muborakda "Mashal"ga qarshi bellashuvda asosiy tarkibdagi debyutini o'tkazgan yarim himoyachi maydonga tushganiga 8 daqiqa bo'lganda qanotdan Sidiqov oshirgan to'pni juda chiroyli zarba bilan darvozaga yo'llashga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa kichik Xolmatovning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi. Diyor o'z vaqtida "Neftchi" va "Paxtakor"dagi ajoyib o'yinlari bilan ishqibozlar mehrini qozongan Akmal Xolmatovning o'g'lidir. Umid qilamizki, Diyorning faoliyati sovrinlarga boy bo'ladi.
2020 yil "Paxtakor" safida Superligada maydonga tushgan 23 o'yinchidan 12 nafari klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar