So’nggi yangiliklar

08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  5 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12

Akmal Xolmatov: “Zaxirada qoldimmi, demak ayb o'zimda” Yangiliklar

Akmal Xolmatov: “Zaxirada qoldimmi, demak ayb o'zimda”

CHempionatimizdagi eng yoshi ulug' futbolchi – Akmal Xolmatovdir. Yaqinda 39 yoshni qarshi olgan yarim himoyachi hali ham oldingidek o'ynashga harakat qilayotganining o'zi katta gap.
U jamoaning chinakam etakchisi va sardoridir. Muxlislar esa Xolmatovning har bir uchrashuvda maydonga tushishini istashadi. Ammo tarkibda kimni maydonga tushirishni bosh murabbiy hal qiladi. Kuni-kecha “So'g'diyona”ga qarshi bellashuvda farg'onaliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Xolmatov esa zaxiradan o'yinni kuzatdi. Ammo u har doim ham zaxirada qolib ketayotgani yo'q. Murabbiylar vaziyatga qarab Akmalni ham maydonga tushirishyapti. Jizzaxliklarga qarshi uchrashuvdan so'ng “Neftchi” etakchisiga bir qator savollar bilan murojaat qildik. 

- Avvalo, “So'g'diyona”ga qarshi ajoyib o'yin va g'alaba bilan tabriklaymiz. SHu kuni sizni maydonga tushishingizni kutgandik. Ammo zaxirada qolib ketdingz. Bu holatni futbolchi sifatida qanday qabul qildingiz?
- Bu tabiiy hol, futbol shunaqa o'yin. Zaxirada qolgan bo'lsam, demak ayb o'zimda. Balki o'zimni ko'rsata olmayotgandirman. 

- Ammo sizning ishtirokingizdagi o'yinlarni kuzatganimizda doimo muxlislar olqishlar bilan qarshi olishayotganiga guvoh bo'lamiz...
- Muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatsam, bu albatta yoqimli tuyuladi. Kimni maydonga tushirishni men emas murabbiy hal qiladi. Jamoa natija ko'rsatyaptimi, demak murabbiy to'g'ri qilyapti. Men hech qachon uning ishiga aralashmaganman va aralashmayman ham.

- “Neftchi”ning yirik hisobdagi g'alabasidan barchani xursand qildi. Zaxirada qolgan bo'lsangiz-da, sizning kayfiyatingiz ham chog' bo'ldimi?
- Har bir futbolchi maydonga tushishni istaydi. Xohlaysizmi-yo'qmi, 11 nafar o'yinchi to'p suradi. Bunga qo'shimcha ravishda uchta futbolchi zaxiradan maydonga tushishi mumkin. Bu o'yinda zaxirada qolganimga kelsak, murabbiyning qarori shunday ekan. Balki o'z ustimda yaxshi ishlamayotgandirman. Demak, yanada ko'proq ishlashim kerak.

- “Neftchi”ning mavsumni muvaffaqiyatli boshlagani ko'pchilikning etiborini tortyapti. Jamoa etakchisi sifatida buning omillarini nimada deb o'ylaysiz?
- Bizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Hammasi chin ko'ngildan o'ynaydigan yigitlardir. Bu borada ularga etiroz yo'q. Ammo yuqori o'rinlardan birida bo'lsak-da, hozirdanoq bir nima deyishga erta. Oldinda yana 24 ta o'yin bor. SHunchaki, mana shunday g'olibona ruhni davom ettirishimiz kerak. Buning uchun bundan-da ko'proq ishlashimiz kerak.



- “Mashal”ga qarshi o'yindan keyin bildirgan fikrlaringiz orasida meni o'ziga tortgani shu bo'ldiki, maqsadimiz chempion bo'lish deya dadil gapirgansiz...
- Niyatimiz chempionlik bo'lish deganman. Albatta, bu yil chempion bo'lamiz deb ayta olmayman. Ammo niyatimiz shu. Baribir “Neftchi” o'z nomi bilan “Neftchi”. SHuni alohida aytishim kerakki, “Neftchi”ni “Neftchi” qilgan inson – bu Yuriy Sarkisyan. Biz esa jamoaning avvalgi mavqeini tiklash uchun kurashyapmiz. Har bir o'yinda g'olibona ruh ostida o'ynashga harakat qilamiz.

- 6 ta turdan keyin “Neftchi”ning mag'lubiyatsiz davom etayotgani ajoyib natijadir. Agar mavsum oldidan kimdir shu haqida aytsa, balki ishonmagan bo'lardi...
- Futbolda hamma narsa bo'ladi. Aslida “So'g'diyona” yaxshi jamoa. Ularning ko'rsatgan o'yini menga yoqdi. O'tgan yili mana shu jamoani ham yuta olmagandik. Ammo hozirdanoq balandparvoz gaplardan yiroq bo'lishimiz lozim. Axir oldimizda hali 24 ta o'yin turibdi. Mavsum esa endigina boshlandi. SHunchaki, qilayotgan harakatlarimizni davom ettirishimiz lozim.

- Yaqinda 39 yoshni qarshi oldingiz. CHempionatimizdagi eng yoshi ulug' futbolchisiz.
- Men hech nimani his qilayotganim yo'q. Faqat ishlashim kerak xolos. Meni maydonga tushiradimi-yo'qmi, baribir o'z ustimda ishlashda davom etishim lozim. Agar murabbiy istamasa ham ustimda ko'proq ishlashga urinaveraman. Aybni avvalo o'zimdan qidiraman. Buning uchun boshqalarni ayblay olmayman. Menda charchoq alomatlari sezilyapti deb ayta olmayman. CHunki bu narsani his qilayotganim yo'q. Balki murabbiylarga biroz charchayotgandek ko'rinayotgandirman. Ammo o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Maydonga tushib jamoamga yordam berish ishtiyoqim juda kuchli. “So'g'diyona” bilan uchrashuvda o'ynamagan bo'lsam-da, muxlislarning meni ham qo'llab-quvvatlashlarini kutmagandim. Buning uchun ulardan minnatdorman. Men doim ishqibozlar uchun o'ynayman va g'alabani ular uchun qo'lga kiritamiz. Har bir uchrashuvda muxlislarmizni g'alaba bilan quvontirishga harakat qilaveramiz.  

- Bu faoliyatingizning oxirgi yili emasmi?
- Hali beri o'ynagim kelyapti. “Neftchi” uchun borimni berib g'alabalariga o'z hissam tegishini istayman. Agar futbolni aldaydigan bo'lsangiz, vaqti kelib futbolning o'zi sizni bir chetga surib qo'yadi. Murabbiy yoki futbolchini aldash mumkindir, ammo futbolni hech qachon! SHuning uchun hammaga faqat ishlash kerakligini ko'p aytaman. Lekin hali yana o'ynamoqchiman.

- Ha, bunday xohishingiz yuqoriligi fikrlaringizndan bilinib turibdi. SHijoatingiz hali ham yuqori ekanligini sezyapman.
- Meni orqaga qaytarib bo'lmaydi.

- Keyingi o'yin yanada jiddiy kechadi. CHunki bu safargi raqib – “Bunyodkor”. Mavsumni mag'lubityasiz o'tkazayotgan jamoaning haqiqiy kuchi ushbu o'yinda namoyon bo'lishini hamma takidlamoqda.
- “Neftchi” oltita turdan keyin yaxshi natija ko'rsatayotgan bo'lsa, albatta hamma boshqacha ko'z bilan qaraydi. O'zimizni etakchi deb aytayotganim yo'q. Ammo futbolning o'zi shuni ko'rsatyaptiki, hozirgi kunda etakchilardan biri bo'lib turibmiz. Baribir har qanday jamoa yaxshi natijalar ko'rsatsa, darhol unga bo'lgan etibor o'zgaradi. Ammo “Bunyodkor”dan oldin O'zbekiston Kubogida “Oq-tepa”ga qarshi o'yinimiz bor. SHundan keyingina “Bunyodkor” haqida o'ylaymiz.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика