Akmal Xolmatov va Koblash "Istiqlol" safida
19 jan 2016 16:23
Yangiliklar


Akmal Xolmatov va Koblash "Istiqlol" safida
Akmal Xolmatov keyingi mavsumni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi safida boshlashi kutilmoqda.
Bugun "Bunyodkor" akademiyasi stadionida "Olmaliq" hamda Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.
"Neftchi" futbolchisi Akmal Xolmatov va o'z vaqtida "Nasaf" va "So'g'diyona" sharafini himoya qilgan Oleksandr Koblash bugun "Istiqlol" safida "Olmaliq"qa qarshi o'yinda maydonga tushishdi.
Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" o'tgan mavsumda OFK Kubogida finalgacha etib borgan va hal qiluvchi o'yinda imkoniyatni berib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar