So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  16 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Akmal Tursunboev: “Darvozamizdan gol o'tkazmaslikka harakat qilamiz” Yangiliklar

Akmal Tursunboev: “Darvozamizdan gol o'tkazmaslikka harakat qilamiz”

Olimpiya terma jamoamizda darvozabonlar bilan SHavkat Abduxo'jaev ishlamoqda.
 Murabbiylar shtabi turnir oldidan o'tkazilayotgan yig'inga bira to'la “Paxtakor”ning uch nafar iqtidorli posbonlarini taklif etgan. Yaqindagina belidagi jaroxat tufayli safdan chiqqan Eldor Suyunovdan so'ng, asosiy etibor Asilbek Omonov, Akmal Tursunboev hamda Abdumavlon Abdujalilovga qaratilmoqda.

- Akmal, Ummondagi bo'lajak turnirga qay darajada tayyorsizlar? Umuman o'tkazilgan mashg'ulotlar qanday kechmoqda?  
- Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni yuqori saviyada o'tkazilmoqda. Biz Toshkentdagi yig'inlarda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Ertalab trenajyor zalida jismoniy tayyorgarlik ustida mashqlar o'tkazilgan bo'lsa, tushlikdan so'ng maydonda to'p bilan ishladik.

- Osiyo chempionati oldidan o'z oldinglarga qanday maqsad qo'ymoqdasizlar?
 - Ummonda kechadigan o'yinlar oson bo'lmasligi turgan gap. U erda oddiy raqiblar bo'lmaydi. Lekin shunga qaramay biz imkon qadar har bir bahsni ijobiy natija bilan yakunlashga harakat qilamiz. Buning uchun imkoniyatimiz yuqori.

- Siz kabi olimpiya terma jamoamiz yig'iniga taklif etilgan posbonlar xususida qanday fikrdasiz? Osiyo chempionatida terma jamoamiz darvozasini qo'riqlash imkoniyatingizni necha foizga baholaysiz?
- CHempionatga taklif etilgan darvozabonlarning barchasi “Paxtakor” vakillaridir. To'g'risini aytsam, Asilbek va Abdumavlon bilan hayotda do'stmiz. Qay birimiz boshlang'ich tarkibdan joy olishimizning ahamiyati yuqori emas. Vatanimiz sharafini himoya qilish yo'lidagi asosiy vazifamiz xalqaro maydonda gol o'tkazmaslikdir. SHuni yaxshi tushunib turibmiz.

- Murabbiyimiz SHavkat aka Abduxo'jaev ham biz bilan jiddiy suratda ishlamoqda. U kishini oldindan bilaman. Ilgari ham birga ishlaganmiz. Boy tajribaga ega. Nasib qilsa yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика