So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Akmal Tursunboev: “Buxoro” ikkinchi davrada yanada yuqori o'rinlar uchun kurashadi” Yangiliklar

Akmal Tursunboev: “Buxoro” ikkinchi davrada yanada yuqori o'rinlar uchun kurashadi”

“Buxoro” joriy chempionatning birinchi davrasini 6-o'rinda yakunladi.

Bunda jamoa posbonlarining ham o'ziga yarasha hissasi bor deyish mumkin. Ana shulardan biri Akmal Tursunboevdir. Iqtidorli darvozabon “Buxoro”ning  o'z uyida “Olmaliq” (1:0) va “SHo'rtan” (2:0) ustidan g'alaba qozonishda hamda safarda “Metallurg”ga qarshi bahsda (1:2) muvaffaqiyatga erishishida katta hissa qo'shdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHuningdek Tursunboev jamoasining “Paxtakor”, “Qo'qon-1912” va “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazgan bahslarida ham maydonga tushib,ko'pchilikda  iliq taassurot qoldirdi. SHu va boshqalarni inobatga olganda xolda, yaqinda Akmal bilan uchrashib, ayrim savollarimizga javob oldik. 

- Akmal avvalo suhbatimizni birinchi davra taassurotlari bilan boshlasak. Aytingchi birinchi davra siz va “Buxoro” uchun qanday o'tdi?

 - Avvalo “Buxoro” haqida gapirsam, menimcha tanaffusga 6-o'rinni egallab chiqib ketganimiz chakki bo'lmadi. Har xolda  ko'pchilik tomonidan ijobiy baholandi. CHunki o'zingizga yaxshi malumki, mavsum avvalida yangitdan jamoa shakllantirildi. Qisqa vaqt ichida murabbiylar kurashchan jamoa tuza oldi. Menimcha o'sha paytda ko'pchilik bunga ishonmagandi ham. O'zimning ishtirokimga keladigan bo'lsam, bunga ko'proq muxlislar va mutaxassislar baho bergani maqul. Men shuni aniq ayta olamanki, o'z ustimda yanad ko'proq ishlashim shart.    

- “Buxoro”ning ishtirokini ijobiy baholadingiz. Aytingchi jamoaning bunday natijalarni qayd etishida asosiy omil nima bo'lmoqda?

- Albatta murabbiylarning hissasi katta bo'lmoqda. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev joriy mavsum oliy ligada debyutini o'tkazmoqda. U kishining ishtiyoqi balandligi ham jamoamizni kuchaytirmoqda. Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. SHuningdek Baxtiyor Ashurmatovning ham muvaffaqiyatlarimizda roli katta. U kishining murabbiylikdagi tajribasi Baqoevga juda asqotmoqda. Ko'pchilikka yaxshi malumki, fevral oyida jamoa qaytadan tuzildi. Yuqori saviyadagi o'yinchilarni murabbiylarimiz tarkibga jalb eta olishni uddaladi va ularni tanlashda adashmadi. Menimcha bu juda muhim edi.    

- Birinchi davradagi o'yinlar bo'yicha olib aytadigan bo'lsak, sizga ko'proq qaysi darvozabonlarning o'yini yoqdi?

- (Biroz o'ylanib) Xurshid Xodjaev! “Olmaliq” posboni ko'plab uchrashuvlarda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va jamoasining muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shib bormoqda. Xodjaev bilan o'tkan mavsum “Andijon”da birga o'ynaganmiz. O'z ustida astoydil ishlaydigan golkiper deb bilaman. Uning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolaman. SHuningdek bu borada Erkin Jabborovni ham etirof etishni istardim. Birinchi davrani “Buxoro”da o'tkazgan davrozabon ko'plab uchrashuvlarda jamoani muqarrar gollardan saqlab qoldi. O'sha o'yinlardan keyin Jabborovga g'alabaga katta ulush qo'shganini aytib, minnatdorchilik bildirdim.  


- Endi davralar oralig'idagi yig'in haqida gaplashsak. Mavsumning ikkinch qismiga bo'layotgan tayyorgarlik qanday?

- Dastlab tog' xududga borib, yig'in o'tkazdik. U erda murabbiylarimiz asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratdi va ko'proq to'psiz shug'ullandik. So'ngra rejaga ko'ra, Toshkentga qaytib keldik va bu erda asosan taktik mashg'ulotlar ustida ishlayapmiz. Bu orada sinov-nazorat bahslarida ham ishtirok etdik. 

- “Bunyodkor” (yoshlar) va “Navbahor”ga qarshi bahslar ikkinchi davra boshlanishi oldidan etarli bo'ladimi deb hisoblaysizmi?

- Menimcha ikkitagina o'yin kamlik qiladi. Lekin yana bir narsani ham unutmaslik kerakki, “Buxoro” uchun rasmiy bahslar 28 iyuldan boshlanadi. SHu kuni poytaxtda “Lokomotiv”ga qarshi O'zbekiston kubogi ¼ final javob uchrashuvini o'tkazamiz. Agarda mazkur o'yin bo'lmaganida, menimcha davralar oralig'ida sinov-nazorat uchrashuvlari ham ko'proq bo'lardi. 

- “Lokomotiv” bilan Buxoroda o'tgan birinchi o'yinda nursiz durang qayd etilgandi. Javob o'yinida “Buxoro”ning yarim finalga chiqish imkoniyati ham yo'q emas. Fikrimizga qo'shilsangiz kerak?

- Albatta, bizni 1:1 hisobidagi durang ham keyingi bosqichga olib chiqadi. Lekin biz eng avvalo g'alaba qozonish maqsadida maydonga tushamiz. Yigitlarning kayfiyati yuqori. Barchamiz keyingi bosqichga chiqishni juda-juda xohlayapmiz. Nasib qilsa, niyatimizga etamiz.

- Katta ehtimol bilan ikkinchi davrada chempionat o'yinlari ham qiziq o'tadi... 

- Ha, to'g'ri. Aslida ham shunday bo'lishi kerak. Muxlislar sof raqobatdan rohatlanishi kerak. O'yinlar qiziq o'tsa, ishqibozlar ham stadionga qaytadi. SHuni ayta olamanki, “Buxoro” ikkinchi davrada yanada yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

- Buxorolik ishqibozlar haqida nima degan bo'lardiz?

- Vodiydagi muxlislar singari buxoroliklar hamm juda talabchan. Menimcha bu yaxshi. Negaki, tomoshabinlar o'yinga kirib, sizni olqishlab, talabchanlik qilishi futbolchiga ham huzur bag'ishlaydi va uning yanada  xarakat qilishga undaydi. Futbol aslida ishqibozlar uchun. 


“Buxoro” matbuot xizmati.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика